Tarixiy va madaniy maskanlar

Ibroxim Oxund madrasasi

Buxoro viloyati | Mehtar Ambar ko‘chasi

70.0 (0)

Ibrohim Ohund madrasasi— Buxoroning tarixiy markazida 1858—1859 yillarda o‘zbek hukmdori Nasrulloh (1827—1860) mablag‘lari hisobidan qurilgan madrasa. Asosiy poytaxti Ko‘kaldosh madrasasining mudarrisi - Ibrohim OhundaKo‘kaldosh mahallasining Mehtar Ambar ko‘chasida joylashgan. Madrasa ikki qavatli bo‘lib, 38 ta hujradan iborat

Madrasa 1858–1859-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Oybibi inoq (Oybinok) guzarida, oʻzbek hukmdori Nasrullaxon (1827–1860) hukmronligi davrida, Mulla Mir Ibrohim Qashgʻariy (Ibrohim oxund) mablagʻlari evaziga bunyod etilgan. 32 ta hujra va 1 ta darsxonadan iborat boʻlgan. Madrasa uchun Toqi Miyona mavzesida 1 ta hammom, Kokilai xoʻrd guzarida 1 ta oziq-ovqat doʻkoni, Xoja Muhammad Parron guzarida kovush boʻyash saroychasi, boloxonali baqqollik, Labi hovuz boʻyidagi rastada yonma-yon ikkita moshfurushlik va oltita gʻishtin doʻkonlar vaqf qilingan.
Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat amir Nasrullaxon va qozi ul-quzzot Soʻfi Xoja ibn oxund Omonullaxoja muhrlari bilan tasdiqlangan.
Sovetlar hukmronligi oʻrnatilganidan soʻng, madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan. 1995-yilda madrasada Varaxsha arxeologiya muzeyining ekspozitsiyasi tashkil etilgan boʻlib, unda Varaxshadan topilgan arxeologik topilmalar bilan tanishish mumkin.
2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash va taʼmirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish ishlari rejalashtirildi va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 25 million soʻm mablagʻ ajratildi.
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, hozirda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirilgan. Binoda Varaxsha arxeologiya muzeyi joylashgan.
Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Mehtar Anbar nomidagi koʻchada joylashgan.

Meʼmorchiligi

Madrasa inshooti pishiq kvadrat gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan, 38 ta hujradan iborat. XIX asrda Oybinok masjidi va Muhammad Nabi madrasalari bilan birga mustaqil meʼmoriy ansamblni tashkil etgan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Mehtar Ambar ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.773714

Geografik uzunlik (longitude): 64.423283

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.