Bolalar oromgohlari

HUMO

Xorazm viloyati | Amirqum MFY

10.0 (0)

"HUMO" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1000 nafardan ziyod bolalar dam oladilar

"HUMO" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1000 nafardan ziyod bolalar dam oladilar. Barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda turli tashkilot va korxonalar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazadilar.

Ta’kidlash joizki, oromgoh Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanining so‘lim go‘shalaridan biri — Amirqum mahallasida joylashgan. Oromgoh tuman markazidan 8 km uzoqlikda, toza xavo va sokin tabiat bag‘rida joylashgan bo‘lib, bu yerda bolajonlar uchun barcha qulayliklar mavjud. Atrof tabiiy go‘zallikka boy bo‘lib, yashil daraxtlar soyasida salqin muhit hukm suradi.

Bolalarning maroqli dam olishini ta’minlash maqsadida oromgoh rahbariyati va tarbiyachilar tomonidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. Farzandlarimizning shaxsiy rivojlanishiga hissa qo‘shish bilan birga, ular turli mavzularda bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun fan, adabiyot, sport va san’at yo‘nalishlarida musobaqa va festivallar, sahna ko‘rinishlari, ijodiy to‘garaklar tashkil etiladi. Bu esa bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlariga xizmat qiladi.

Shuningdek, bolalar uchun boy kutubxona fondi va axborot-resurs markazi faoliyat yuritadi. Sport maydonchalari, raqs, rasm, musiqa to‘garaklari orqali bolalar o‘z iste’dodlarini namoyon qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Xulosa qilib aytganda, "HUMO" oromgohi bolalar uchun chinakam dam olish, yangi do‘stlar orttirish va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish imkonini beruvchi zamonaviy maskan hisoblanadi.

Har bir bola bu yerdan unutilmas taassurotlar bilan qaytadi!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Xorazm viloyati

Manzil: Amirqum MFY

Geografik kenglik (latitude): 41.571389

Geografik uzunlik (longitude): 60.242685

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998995287676

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/95/humo-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.