Oromgoh o‘z bag‘riga har smenada 200 nafardan mavsum davomida jami 800 nafar bolalarni dam oldirishga mo‘ljallangan.
“Gulnora” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanining eng xushmanzara, so‘lim, tog‘li hududida joylashgan.
Oromgoh hududi archazorlar bilan o‘ralgan va bahovo joylar. Oromgohda muzdek "Oq daryo" suvi hamda chashma suvlari mavjud.
Bolalar yotoqxonalarining ichki va tashqi qismlarida cho‘milish xonasi va xojatxonalar mavjud. Bolalarning miriqib dam olishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Oromgohda o‘g‘il bolalar uchun alohida va qiz bolalar uchun alohida zilol suvli suzish havzasi, ularni o‘ziga jalb etadigan tadbirlar maydonchasi bor.
“Gulnora” bolalar oromgohi Shaxrisabz tumanining tog‘li Qani qishlog‘ida, tuman markazidan 19 km uzoqlikda, Miraki suv omboridan 9 km masofada joylashgan. Oromgoh o‘z bag‘riga har smenada 200 nafardan mavsum davomida jami 800 nafar bolalarni dam oldirishga mo‘ljallangan.
Bolalar qulay yashashi uchun oromgohdagi shinam va xavfsiz xonalarga joylashtiriladi. Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sog‘liq standartlariga javob beradi.
Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali, professional xodimlardan iborat.
“Gulnora” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat va ekologiya kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish va turli to‘garak va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Bolalar har kuni besh maxaldan ovqatlanadilar. Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda bo‘lgan vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz!