Ziyorat komplekslari

Fozilmon Ota ziyoratgohi

Andijon viloyati | Xonobod shahri Fozilmon ota qishlog’i

10.0 (0)

Xonobod shahri Fozilmon ota qishlog’ida joylashgan. Andijon shahar markazidan 72 km uzoqlikda. Diniy ulomo Sayid Fozilmon Dehlaviy dafn etilgan. Shifobaxsh bulog’i movjud. Ziyoratgoh sifatida mashhur.

“Fozilmon ota” ziyoratgohi Farg‘ona vodiysining turizm markaziga aylanib borayotgan so‘lim Xonobod shahrining eng obod maskanlardan biri hisoblanadi.

“Fozilmon ota” ziyoratgohi – Andijon viloyatining qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan eng chekka sharqiy-janubiy hududidagi Xonobod shahrining Fozilmon mahallasida joylashgan qadimiy ziyoratgohdir. Ushu muqaddas maskanning eng muhim va asosiy xosiyati uning insonlar salomatligiga ijobiy ta’sir qiluvchi shifobaxsh bulog‘idir.  

“Фозилмон ота” зиёратгоҳи ҳақида эшитганмисиз?

Фото:Zuhriddin Umurzoqov

Ota-bobolarimiz, keksa avlod vakillarining aytishlaricha, ming bir dardga davo bulog‘ining hayotbaxsh tirik suvlaridan necha asrlar davomida odamlar shifo topib keladi. Ziyoratgohga nafaqat andijonliklar, balki respublikamizning boshqa viloyatlaridan ham odamlar kelib dam oladi.  Buloq suvi inson organizmiga tetiklik, quvvat baxsh etadi, ko‘plab xastaliklarga, ayniqsa, ichki va teri kasalliklariga yaxshi davo bo‘ladi.  

Rivoyatlarga ko‘ra, XIII asrda yashab o‘tgan ulamo, payg‘ambarimiz avlodlaridan Sayid Fozilmon Dehlaviy hazratlari Allohning irodasi ila muqaddas buloq bo‘yini o‘ziga makon qilgan. Insonlarni dinu diyonatga, haqiqatga, ma’rifatga chorlagan. O‘z karomatlari bilan el orasida avliyolik  maqomini olgan. U zot vafot etgach, shu joyga dafn qilinadi.  

XVI asr oxirida kelgan kuchli sel natijasida Fozilmon ota maqbarasi loyqa ostida qoladi. 1805 yilda ulamo, o‘zbek mumtoz adabiyotining vakili shoir Xo‘jamnazar Xolmuhammad o‘g‘li Xuvaydoning o‘g‘li Xolmuhammad Eshon ibn Xavaydo tomonidan qabr o‘rni aniqlanib, maqbara qayta tiklangan.  

Keyingi yillarda maqbara va ziyoratgoh milliy uslubda ta’mirlanib, obodonlashtirildi. Ziyoratchilarning ko‘ngilli dam olib, hordiq chiqarishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi. Har yili, ayniqsa, yoz mavsumida bu yer minglab ziyoratchilar kelib-ketadigan eng gavjum maskanlardan biriga aylanadi.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Andijon viloyati

Manzil: Xonobod shahri Fozilmon ota qishlog’i

Geografik kenglik (latitude): 40.821275

Geografik uzunlik (longitude): 72.995035

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.