Tarixiy va madaniy maskanlar

Eshoni pir madrasasi

Buxoro viloyati | Eshoni Pir ko‘chasi

20.0 (0)

Eshoni pir madrasasi XVIII asr o‘rtalarida Eshoni pir guzari (Xojagi)da, Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mang‘itlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahimbiy davrida Is’hoqxoja Dahbediy tomonidan bunyod etilgan. Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid ko‘plab vaqf hujjatlarini aniqlagan. Vaqf hujjatlarining ko‘chirma nusxasi Amir Shohmurod davrida ko‘chirilgan.

Eshoni pir madrasasi XVIII asr oʻrtalarida Eshoni pir guzari (Xojagi)da, Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahimbiy davrida Ishoqxoja Dahbediy tomonidan bunyod etilgan. Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid koʻplab vaqf hujjatlarini aniqlagan. Vaqf hujjatlarining koʻchirma nusxasi Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Vaqf hujjatida madrasa Xojagi guzarida, pishiq gʻishtdan bunyod etilgan, ichki va tashqi hovlisi, hujralar, gʻarbiy tarafida masjid joylashgan boʻlgan. Ushbu madrasaga oid koʻplab savdo doʻkonlari va yerlar vaqf qilingan. Jumladan madrasa uchun Xoja Abdulloh Safedmoʻy guzarida 1 ta qassoblik doʻkoni va Komi Abu Muslimda Raboti Kuraviy mavzesida 25 tanob yer vaqf qilingan. Hujjat Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida qayta tiklangan va madrasa uchun Ashurjon Qofilaboshi ibn Muhammad Rahimjon mutavvali qilib tayinlangan. Madrasaga uzrli sababsiz 2 oyu 10 kun darslarda ishtirok etmaganlar haydalgan. Mazkur vaqf hujjati 1794—1795-yillarda koʻchirilgan. Madrasa faoliyatiga doir toʻrtta vaqf hujjati topilgan. Madrasada faoliyat olib borgan bir qator mudarrislar vaqf hujjatlarida yozib qoldirilgan. Jumladan mulla Abdurahim, mulla Bobonazar, mulla Komilxoja kabilar faoliyat olib borishgan. Sadri Ziyo ushbu madrasada 18 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan.

Meʼmorchiligi

Eshoni pir madrasasi 52 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Eshoni Pir ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.770742

Geografik uzunlik (longitude): 64.420844

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.