Jizzax viloyati | Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Tinchlik MFY, Uobsoy ko‘chasi, 65-uy
Dam oluvchi bolalarning har bir daqiqasini samarali o‘tkazishi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, to‘garaklar, konsert dasturlari doimiy tashkil etib boriladi.
Xushmanzara, go‘zal va betakror tabiati, salqin va musaffo havosi bilan ajralib turuvchi "ENERJI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bolalarni qabul qilish uchun tayyor. Mazali va to‘yimli taomlarga ega oshxona, dunyo va o‘zbek yozuvchilarining badiiy asarlariga boy kutubxona, futbol, voleybol, basketbol maydonchalari, stol tennisi, basseyn hamda keng va yorug‘ yotoqxonalar xizmatingizda. Dam oluvchi bolalarning har bir daqiqasini samarali o‘tkazishi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, to‘garaklar, konsert dasturlari doimiy tashkil etib boriladi.
Shu bilan birgalikda, ko‘p yillik daraxtlar, sharqiroq soylar oromgohga toza havo va yoqimli salqinlikni bag‘ishlaydi. Mahoratli dizaynerlar tomonidan ishlangan landshaftlardagi multfilm qahramonlari va turli hayvonlarning haykalchalari ham bolalarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi.
Oromgohning tajribali shifokorlari hamda malakali pedagogik jamoasi tomonidan bolalarning maroqli va mazmunli dam olishlari kafolatlanadi. Ularning salomatligi, tozaligi, orastaligi, ovqatlanish tartibi shifokorlar, xavfsizligi esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining doimiy nazoratida bo‘ladi.
Oromgohimiz farzandlaringiz uchun muntazir!!!