Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Xorazm ko‘chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.77625
Geografik uzunlik (longitude): 64.419194
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914180002
Website: -
Tarixiy va madaniy maskanlar
Buxoro viloyati | Xorazm ko‘chasi
XIX asrda Qushbegi taklifiga binoan barpo etilgan.
Degrezi masjidi (Hazrati Sayyid Bandkushoyi masjidi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Masjid XIX asrda bunyod etilgan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Degrezi masjidi Sayyid Poband maqbarasini oʻz ichiga olgan binolar majmuasida boʻlib, masjid va maqbara oʻrtasida imoratlar joylashgan. Degrezi soʻzi „qozon quyuvchilar“ maʼnosini bildiradi. Ushbu masjid Degrezi guzarida joylashgan. Degrezi masjidi shuningdek Sayyid Bandikusho nomi bilan ham mashhur. Masjidning Sayyid Bandikusho nomi XVI asr va 1790—1791-yillardagi vaqf hujjatlarida uchraydi. Masjid unchalik katta boʻlmasada qulay arxitekturaviy yechimga ega. Ushbu masjid XVI asrda qurilgan qadimgi masjid oʻrnida bunyod etilgan. Masjid va uning qarshida hovlicha boʻlib, supa ustida oʻrin olgan. Hovliga kirish-chiqish yoʻlagi tomida azonxonasi mavjud boʻlgan gumbazli darvozaxonasi mavjud. Degrezi masjidi darvozaxonasidagi peshtoqda kitoba bitigi boʻlgan marmar lavha mavjud. Masjid pishiq gʻishtli boʻlib, sharqiy tomonida ayvon oʻrin olgan. Bundan bir necha yillar oldin masjid qayta taʼmirlangan. Masjidning yogʻoch shiftlari, darvozasini mohir ustalar qayta tiklashgan. Degrezi masjidi darvozasi arab harflarida oʻyib ishlangan boʻlib, islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Masjidning ichki tomonida mehrob boʻlib, yogʻoch ustunlar bilan bezatilgan. Degrezi masjidi kirib-chiqish yoʻlagi tepasida marmardan yasalgan lavha oʻrin olgan. Unda nastaliq xatida ikki qator matn oʻyib yozilgan. Mazkur marmar tosh lavha naqshlari va uslubiga koʻra XX asr boshlarida oʻrnatilgan. Mazkur marmar lavhda shunday yozilgan edi: „Sayyid kusho laqabli hazrati Sayyid Abulhasan Pobandning masjid.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Xorazm ko‘chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.77625
Geografik uzunlik (longitude): 64.419194
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914180002
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.