Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi “CHORCHINOR” oromgohi viloyatning go‘zal qismida joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.
“CHORCHINOR” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Samarqand shahridan 54 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy bo‘lgan 75 gektar maydoni ajoyib dam olishingiz uchun qulay maskandir.
Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 8-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlari o‘tkazib boradilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robotootexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun joylar, o‘yin va sport maydonchalari, kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizlarni “CHORCHINOR” yozgi sarguzashtlar maskanida kutib qolamiz!
Smenalar 1 iyun kunidan 13 avgust kunigacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!