Tarixiy va madaniy maskanlar

Chor minor madrasa

Buxoro viloyati | Chor minor ko‘chasi

70.0 (0)

Chor minor (fors. — to‘rt minora) —Buxorodagi me’moriy yodgorlik (1807). Xalfa Niyozqul qurdirgan. Chor minor an’anaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli Madrasa, atrofi bir qavatli xujralar bilan o‘ralgan hovlidan iborat. - Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining janubiy g‘arbiy burchagida joylashgan. Madrasaga 2 qavatli, gumbaz tomli darvozaxona orqali kiriladi.

Madrasa XIX asrda Buxoroda yashab oʻtgan boy turkman Xalifa Niyozqul tomonidan bunyod etilgan. Toʻrt minorali binoni baʼzan bir vaqtlar orqa tomonida mavjud boʻlgan madrasalarning eshik qismi boʻlgani taxmin qilinadi. Chor Minor aslida yashash va ibodat qilish uchun moʻljallangan kompleks bino hisoblanadi. Madrasa avval boshda mavjud boʻlib, keyinchalik yiqilgan koʻhna madrasaning bir parchasi boʻlgan. Niyozqul madrasani nimaning yoki kimning sharafiga bunyod ettirgani nomaʼlum.

Meʼmorchiligi

Bino bir vaqtning oʻzida masjid sanaladi. Oʻrta Osiyo meʼmorchiligida koʻrinishi jihatdan ajralib turuvchi bino zikrxonasi bilan ahamiyatga ega. Markaziy binoning har ikki tomonida mavjud boʻlgan hujralarning baʼzilari qulab tushgan va faqatgina poydevor oʻrni qolgan. Hujralar talabalar uchun yotoqxona vazifasini oʻtab kelgani taxmin qilinadi.
Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining janubi-gʻarbiy burchagida joylashgan. Madrasaga 2 qavatli, gumbaz tomli darvozaxona orqali kiriladi. Murabba tarhli darvozaxona oʻziga xos mujassamot yechimiga ega: oldi peshtoqli, toʻrt burchagida toʻrtta minora joylashgan (nomi ham shundan), minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan boʻlib, ular sirkori koshinlar bilan bezatilgan. 2 qavatli xonaning 1-qavati miyonsaroy koʻrinishida boʻlib, izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, 2-qavati kutubxona, kutubxonaning shifti pastak gumbazli boʻlib, sodda muqarnaslar halqasi bilan toʻldirilgan. 2-qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi.
Chor Minor madrasasining oʻng tomonida bino bilan yoshi tengligi taxmin qilinadigan hovuz mavjud. Bugungi kunda madrasa atrofi kichik rastalar va aholi yashaydigan xususiy uylar bilan oʻralgan.
1995-yilda Chor Minor madrasasi UNESCO tashkiloti tomonidan „Butun Jahon madaniy yodgorliklari“ ro‘yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qabul qilgan „Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish“ hamda 2008-yil 12-sentyabr „Muzeylar to‘g‘risida“gi qonunlarining ijrosi oʻlaroq meʼmoriy obidaning taʼmirtalab qismlari qayta tiklangan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Chor minor ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.77484

Geografik uzunlik (longitude): 64.427347

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.