Buxoro viloyati | Bukhara region, city of Bukhara, Mahalla Committee of Gulchorbog
“BUXORO” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1500 nafardan ziyod bolalar dam oladilar.
“BUXORO” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1500 nafardan ziyod bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilotlar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazadilar.
Takidlash joizki, oromgoh Buxoro shaxrining eng so‘lim, baxavo maskanida, juda qulay manzilda joylashgan. Bu yerda bolajonlar uchun barcha zamonaviy kulayliklar mavjud.
Bolalarning maroqli dam olishlari uchun oromgoh raxbariyati va tarbiyachilari tomonidan katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Farzandlarimizning dam olishlari bilan birga ularga turli xil mavzularda bilim va ko‘nikmalar o‘rgatish xam yaxshi yulga qo‘yilgan.
Oromgoxda fan, badiiy ijodiyot, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklari, ijodiy festivallar va ko‘rgazmalar, ijtimoiy aksiyalar, turistik sayoxatlar hamda sport musobaqalari bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarida muxim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari dam olish maskanidagi zamonaviy amfiteatr, sport maydonchalari, suzish havzasi bolajonlar uchun muntazir. Juda ko‘p kitob fondiga ega axbarot-resurs markazi bolalarning sevimli maskaniga aylanadi. Raqs, rassomchilik, kompyuter texnologiyalari, mohir qo‘llar to‘garaklari ularning bilimini oshirish va qiziqishi bo‘yicha hunar o‘rganishda keng imkoniyat yaratadi.
Hulosa qilib aytganda, ta’til - bolalarning miriqib dam olishlari, turli tadbirlarda ishtirok etib, ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga keng imkon beruvchi davr. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu maskanning ham o‘rni muhim hisoblanadi.