Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Abu Xafsi Kabir ko‘chasi.
Geografik kenglik (latitude): 39.77776
Geografik uzunlik (longitude): 64.40748
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Tarixiy va madaniy maskanlar
Buxoro viloyati | Abu Xafsi Kabir ko‘chasi.
Bolohovuz masjidining katta gumbazli masjidi va bir kayvonli ayvoni o‘zbek hukmdori Abulfayzxonning onasi — Sitorai Mohi xossaning donatorligida 1712-yilda, hovli va hujralari esa XIX asrda qurilgan.
BoloHovuz masjidining katta gumbazli masjidi va bir kayvonli ayvoni oʻzbek hukmdori Abulfayzxonning onasi — Sitorai Mohi xossaning donatorligida 1712-yilda, hovli va hujralari esa XIX asrda qurilgan. M. Y. Saidjonovga koʻra, 1915—1917-yillarda masjid ayvoni 3 kayvonli qilib qayta taʼmirdan chiqarilgan. Masjid minorasi saqlanib qolmagan, u 1917-yilda Usta Shirin Murodov va usta Hafizovlar tomonidan boshqa xil koʻrinishda bunyod etilgan. Masjidda juma namozi oʻqilgan.
Meʼmorchiligi
Tomonlari 11,5 m li murabba tarhli bino. Boloi Hovuz masjidi qalqonsimon va murakkab boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan. Mehrobiga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida boʻlib, boʻgʻot osti ganch naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan.Masjidning 20 ta baland va ingichka yogʻoch ustunli ayvoni bor. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari nakshlar bilan bezatilgan. Masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi ayniqsa serhasham. Registon maydoni tomonidan Bolohovuz masjidiga qaralsa peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va oʻrtasidagi hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Hovuz qirgʻoqlari yirik toshlar bilan zinapoyali qilib mustahkamlangan.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Abu Xafsi Kabir ko‘chasi.
Geografik kenglik (latitude): 39.77776
Geografik uzunlik (longitude): 64.40748
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.