“BOG‘ISHAMOL” oromgohi 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohidir.
“BOG‘ISHAMOL” oromgohi 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohidir. Andijon shahridan 10 km uzoqlikda, qir adir va soylar orasida, ekologik toza hududda joylashgan. Hududda manzarali daraxtlar, ko‘p yillik yirik oq baqateraklar orasida 7,5 gektar maydon farzandlarimizning dam olishi uchun qulay muhit yaratadi.
Yotoqhonalar binolarida ichki sanuzellar mavjud. Oshxonada bolalarga 5 maxal ovqat beriladi. Qonditsionerlar va qo‘shimcha ventilyatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida xona harorati ushlab turiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun 8 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan navbatchilik asosida tunu-kun bolalarning xavfsizligi ta’minlanadi.
Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilari tomonidan bolajonlar uchun turli xil ko‘ngilochar dasturlar, ma’daniy-ma’rifiy va sport tadbirlari, chavandozlar maktabi, sport va san’at soxasining mashxur insonlari ishtirokida tadbirlar o‘tkaziladi.
Sport ixlosmandlari mini futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka o‘yinlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud.
Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida guruhlar o‘rtasida musobaqalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar (diskoteka, multfilm va kino tomoshalari, ko‘rik tanlovlar va ko‘ngilochar shoular)dan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Yozgi ta’tilni biz bilan birgalikda o‘tkazing!
Oromgohimiz sizni chorlab qoladi!