Bolalar oromgohlari

BILIMDON

Farg'ona viloyati | Logon MFY

10.0 (0)

Oromgoh bir smenada  7-14 yoshdagi  200 nafar bolalarni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Farg‘ona viloyatidagi “BILIMDON” bolalar oromgohi Farg‘ona tumani Log‘on qishlog‘ining so‘lim va baxavo joyida, Farg‘ona shahridan 15 km masofada joylashgan.

Oromgoh bir smenada  7-14 yoshdagi  200 nafar bolalarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Oromgoh hududi umumiy 9 gektardan ziyodroq bo‘lib, uning hududidagi bog‘da turli mevali va manzarali daraxtlar mavjud. Oromgohda zamon talablariga javob beradigan yotoqxonalar, oshxona, sport maydonlari, basseyn, kutubxona va amfiteatr mavjud.

Yotoqxonalarning barchasi konditsioner va televizor bilan jixozlangan, xojatxona va yuvinish xonalari bino ichida joylashgan.     Oromgohda bolalar uchun alohida to‘garaklar binosi mavjud bo‘lib, u yerda 10 dan ortiq zamonaviy to‘garaklar faoliyat olib olib boradi.    Oromgohga har yilgi mavsumda tajribali tarbiyachi va pedagoglar jalb etiladi. Oromgohda 24/7 tartibida qo‘riqlash va tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

 Bolalarga 12 kunlik dastur bo‘yicha har kuni tadbirlar, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Ushbu dasturlar bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi yangi tarixiy bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Bolajonlar uchun eng qiziqarli, quvnoq va esda qolarli yozgi dam olish “BILIMDON” oromgohda!

Bu yerda bolajonlarini yangi do‘stlar, hayajonli sarguzashtlar, o‘yin-kulgilar va unutilmas taassurotlar kutmoqda!

Tabiat qo‘ynida mazmunli hordiq, sport o‘yinlari, ijodiy mashg‘ulotlar va quvnoq musobaqalar – barchasi faqat sizning farzandlaringiz uchun!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Farg'ona viloyati

Manzil: Logon MFY

Geografik kenglik (latitude): 40.275054

Geografik uzunlik (longitude): 71.901375

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/98/bilimdon-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.