Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Tinchlik tor ko'chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.772667
Geografik uzunlik (longitude): 64.405111
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914180002
Website: -
Tarixiy va madaniy maskanlar
Buxoro viloyati | Tinchlik tor ko'chasi
Masjidi Baland XVI asrning ikkinchi yarmida qurilgan masjid. Ushbu masjid XVI asrda Qulbobo Ko‘kaldosh nomi bilan mashhur bo‘lgan, Buxoro vaziri tomonidan qurdiriladi.
Baland masjid — Buxoro shahridagi guzar masjidi (XVI asr). Bino murabba tarhli (pishiq gʻishtdan qurilgan), qalin devorli. Masjid harsang toshlar ustiga qurilgan. Baland masjid ning shim. va sharqiy tomonlari naqshin shiftli ayvon bilan oʻralgan. Ichki devorlarining pastiga chiroyli izoralar qoplangan. Sharq tomondagi toʻq yashil rangli izoralarga 6 burchakli koʻk sopol koshinlar terilgan. Gʻishtchalar atrofiga nozik oʻsimliksimon shakllar chizilib, ustidan oltin suvi yuritilgan (bular yaxshi saqlangan). Devorning gʻarbiy tomonidagi izoralar koshin bilan qoplangan va kundal usulidagi naqshlar bilan hoshiyalangan. Baland masjid derazalaridagi panjaralar sopol gʻishtchalardan terilgan. Mehrobining atrofi sirkor sopolchalar bilan bezatilgan va ularga oltin suvi yuritilgan. Uning yon tomonlari va tepasiga toʻgʻri burchakli sopolchalardan suls xati bilan yozuvlar bitilgan. Yozuvlar tepasiga, shiftga yaqinroq joyga muqarnaslar ishlangan, ularga ham oltin suvi yuritilgan. Devorlardagi (jan. devordan tashqari) rasmlar hali ham avvalgidek yaltirab turibdi. Baland masjidning shifti toqili, hovuzakli boʻlib, naqshlar bilan bezatilgan. Uni qurishda mumtoz davr meʼmorligining noyob va nafis usulidan keng foydalanilgan. Keyingi davrlardagi meʼmorlar Baland masjidning bezaklaridan namuna koʻchirganlar. Baland masjid bezaklarining zarlari toʻkilib, naqshlari koʻchib, qorayib qolgan. Baland masjid bir necha bor taʼmirlangan.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Tinchlik tor ko'chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.772667
Geografik uzunlik (longitude): 64.405111
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914180002
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.