Qoraqalpog'iston Respublikasi | Takhiatash district, Mahalla Committee of Aydin Zhol, 4 Oromgoh Street
“AYDIN JOL” Taxiatosh tumanining fayzli hududida joylashgan, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.
“AYDIN JOL” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Taxiatosh tumani markazidan 2 km uzoqlikda, katta kanal bo‘yidagi go‘zal hududda joylashgan. Ko‘p yillik daraxtlar bilan to‘ldirilgan 7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Shu bilan birga, turar joylar bolalar uchun qulayliklarga ega, 10-16 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida tasdiqlangan taomnoma asosida kuniga 5 mahal taomlar sanitariya gigiyena talablariga mos holda taqdim etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bolalar xavfsizligi uchun tunu-kun navbatchilik tashkil etiladi.
Tajribali va mehridaryo yetakchi hamda tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlari, sport musobaqalarini o‘tkazib boradilar. Shuningdek, dasturlar qatorida bolalarning intellektual, mantiqiy fikrlashini mustahkamlaydigan tadbirlar yangicha yondashuvlar bilan olib boriladi. To‘garak rahbarlari bolalarning bo‘sh vaqtlarini musiqa, milliy o‘yinlar, kibersport, rassomchilik san’ati kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan tashkil qiladilar. Bolalar sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Bolalarning dam olishlari uchun diskoteka, shou va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar uchun maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentiga qarashli Taxiatosh tumanida joylashgan “AYDIN JOL” oromgohi o‘z faoliyatini 1986-yildan buyon yuritib kelmoqda.
Sizni quyidagi qulayliklar kutmoqda:
O‘yin maydonchalari
Oliy toifali pediatr
Interaktiv to‘garaklar
Ekologik yo‘llarning mavjudligi
Videokuzatuv
Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
Kuniga besh mahal ovqat
Bepul Wi-Fi
Zamonaviy tibbiyot xonasi
Zamonaviy jihozlangan oshxona
Filmlar namoyishi
Hunarmandchilik ustaxonasi
Sayr va piknik uchun joylar
Yumshoq matraslar
Sport maydonchalari
Voleybol maydonchalari
Basketbol maydonchalari
Shu kungacha ko‘plab bolajonlar bu maskanda juda chiroyli dam olib, madaniy xordiq chiqarib kelmoqdalar.
“Yaxshi dam, jonga hamdam!”
Ochiq maydonlar, qiziqarli va ijodiy mashg‘ulotlar hamda do‘stona muhit sizni kutmoqda.
Hozir ro‘yxatdan o‘ting va eng yaxshi yozga tayyorlaning!