Ziyorat komplekslari

ASKAR IBN HUSAYN ABU TUROB AN-NAXSHABIY ( Nishon tumani)

Qashqadaryo viloyati | Qashqadaryo viloyati

00.0 (0)

To‘liq ismi: Askar ibn Husayn Abu Turob an-Naxshabiy taxminan 806 yilda Naxshab (hozirgi Qarshi) shahrida tug‘ilgan. U Buxoro va Saraxs madrasalarida tahsil olgan.

Abu Turob Naxshabiy (to‘liq ismi: Askar ibn Husayn Abu Turob an-Naxshabiy) taxminan 806 yilda Naxshab (hozirgi Qarshi) shahrida tug‘ilgan. U Buxoro va Saraxs madrasalarida tahsil olgan. Tasavvuf ahli orasida “ummatning Luqmoni” sifatida tanilgan Hotim al-Asom dan ta’lim olgan .

Ustozi vafotidan so‘ng Shomga safar qilib, hadis ilmini chuqur o‘rgangan. Shuningdek, Bag‘dodga bir necha bor borib, Ahmad ibn Hanbal ilmiy majlislarida ishtirok etgan. U Imom Shofi’iy ta’limotini ham o‘rgangan va o‘z davrining yetuk olimlaridan biri sifatida tanilgan .

Abu Turob Naxshabiy ko‘plab mashhur muhaddislardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa keyingi avlod olimlari — Abu Bakr ibn Abu Osim, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Yusuf ibn Husayn ar-Roziy va boshqalar ilm olganlar .

U o‘z suhbat va ta’limotlarida insonlarni nafsni tiyishga, sabr-qanoatli bo‘lishga, shariat, tariqat va ma’rifat yo‘lidan borishga da’vat etgan. Zamondoshlari uni “Ma’no shohining mardoni”, “Taqvo osmonining oyi”, “Haqiqat ilmining orifi” va “qutbi zamon” kabi yuksak unvonlar bilan ta’riflaganlar.

Alloma “sabrning buyuk timsoli” sifatida e’tirof etilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u Allohdan hayo qilib, hatto orqasini to‘shakka, boshini yostiqqa qo‘ymagan, doimo ibodat va mujohada bilan mashg‘ul bo‘lgan .

Ko‘plab mutafakkirlar Abu Turob Naxshabiy haqida iliq fikrlar bildirgan. Jumladan, Abu Abdulloh ibn Jallo uni ko‘rgan eng buyuk mashoyixlardan biri sifatida tilga olgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida alloma haqida ehtirom bilan yozgan. Shuningdek, Fariduddin Attor uni tasavvufning ilk buyuk namoyandalaridan biri sifatida ta’riflagan .

Manbalarga ko‘ra, Abu Turob Naxshabiy bir necha bor haj safariga borgan va uning vafoti ham aynan safar vaqtida sahroda sodir bo‘lgan. Uning vafot sanasi haqida turli qarashlar mavjud: ayrim manbalarda 859 yil, boshqalarida esa 887 yil deb ko‘rsatiladi .

Hozirgi kunda Nishon tumani Eski Nishondan taxminan 2 km uzoqlikda, sobiq Qarri Nishon hududida 2018 yilda “Abu Turob Naxshabiy Nasafiy” deb yozilgan qabrtosh topilgan. Biroq mavjud manbalarda allomaning jasadi vataniga keltirib dafn etilgani haqida aniq ma’lumotlar uchramaydi. Shu sababli bu maskan ramziy qabr sifatida baholanadi .

Mazkur ziyoratgoh xalq orasida “Shahid ota” yoki “Chillamozor” nomlari bilan ham mashhur. Kelgusida ilmiy tadqiqotlar davom ettirilsa, ushbu maskan haqida yanada aniqroq xulosalarga kelish mumkin.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Qashqadaryo viloyati

Manzil: Qashqadaryo viloyati

Geografik kenglik (latitude): 38.6009

Geografik uzunlik (longitude): 65.699098

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.