Bolalar oromgohlari

ASAKA

Andijon viloyati | Andijan region, Asakinsky district, Mahalla Committee of Niezbotir, 303 Niezbotir Street

10.0 (0)

ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi 7-14 yoshli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Asaka shahridan 8 km uzoqlikda joylashgan.

  “ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi 7-14 yoshli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Asaka shahridan 8 km uzoqlikda, Niyozbotir qishlog‘ining ulkan va qalin manzarali daraxtlar bilan o‘ralgan o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan, so‘lim havosi bilan ajralib turadigan dam olish  maskanidir.

     Turar joylar 8-10 kishilik shinam xonalardan iborat. Kuniga 5 maxal issiq, mazali, vitaminlarga boy, foydali taom va salatlar taklif etiladi.

     Hududda xavfsizlik ta’minlangan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bolalarning xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan bolalar uchun turli qiziqarli mashg‘ulot va mahorat darslari o‘tkazilib boriladi.

     Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun so‘lim va salqin oromgoh hududi juda qulay.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsert zali, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka va ko‘ngilochar shoular maxsus dastur asosida tayyorlanadi.

     Sizni “ASAKA” bolalar oromgohida yozgi sarguzashtlar makonida kutamiz!

     Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda ko‘rishdan bag‘oyat mamnunmiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Andijon viloyati

Manzil: Andijan region, Asakinsky district, Mahalla Committee of Niezbotir, 303 Niezbotir Street

Geografik kenglik (latitude): 40.578299

Geografik uzunlik (longitude): 72.177378

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998911202005, +998930366303

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/14/asaka-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Playgrounds
  • Pediatrician of the highest category
  • Interactive circles
  • Organization of excursions
  • Availability of ecological trails
  • Video surveillance
  • Enhanced qualified security
  • Five meals a day
  • Free Wi-Fi
  • Modern Medical Room
  • Film and Video Equipment
  • Picnic and Recreation Areas
  • Comfortable beds
  • Sports fields
  • Sports fields: Volleyball
  • Sports fields: Basketball

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.