Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Afrosiyob ko‘chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.77778
Geografik uzunlik (longitude): 64.410759
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Tarixiy va madaniy maskanlar
Buxoro viloyati | Afrosiyob ko‘chasi
Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahrida joylashgan qadimiy va ulkan qalʼa boʻlib, Buxoroning eng qadimgi meʼmoriy hamda arxeologik yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Qal’a atrofdagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, taxminan 4 gektar maydonni egallaydi.
Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahrida joylashgan qadimiy va ulkan qalʼa boʻlib, Buxoroning eng qadimgi meʼmoriy hamda arxeologik yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Qal’a atrofdagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, taxminan 4 gektar maydonni egallaydi. Ark shaharning eng qadimiy qismi bo‘lib, ko‘p asrlik tarixiy qatlamlar ustida shakllangan. O‘z davrida Registon maydoni ustida qad ko‘targan ushbu qal’a buyuklik, qudrat va daxlsizlik timsoli bo‘lgan. Ark devorlaridan birida Buxoro amirligining qudratini ifodalovchi katta charm qamchi osib qo‘yilgan.
Tarixi
Ark dastlab miloddan avvalgi I asrda qurilgan. Arablar istilosigacha bu yerda Buxoro hukmdorlari — buxorxudotlar istiqomat qilgan. IX–X asrlarda Somoniylar davrida qal’a qayta qurilib, mustahkam devorlar va burjlar bilan boyitilgan. XI–XII asrlarda Qoraxoniylar davrida hamda XIII asrda mo‘g‘ullar bosqini vaqtida Ark bir necha bor vayron qilingan. Uning bugungi ko‘rinishi asosan XVI asrda Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida shakllangan.
1990-yilda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Amir mehmonxonasi vazifasini bajargan xonaqoh, hujralar poydevorlari, hovli ichidagi supalar, toshnovlar, tazarlar, sandal va yaxxonalar aniqlangan. Shuningdek, qadimiy hammom tizimi, yer osti tarmoqlari va muz saqlash uchun mo‘ljallangan yaxxonalar mavjud bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan Ark hududida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilib, Go‘riyon darvozasi qayta tiklangan va qal’a devorlari mustahkamlangan. Hozirda Ark hududida Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qo‘riqxonasi faoliyat yuritadi.
Meʼmorchiligi
Ark ko‘pburchak shaklida qurilgan bo‘lib, baland tepalik ustida qad rostlagan. Uning devorlari turli davrlarda tosh, pishiq g‘isht, xom g‘isht va paxsadan bunyod etilib, bir necha bor ta’mirlangan. Qal’aga g‘arb tomondagi ulkan darvoza orqali kiriladi. Darvoza peshtoqining ikki tomonida joylashgan guldastalar va ular orasidagi uch qavatli inshoot yaxshi saqlanib qolgan. Ichkariga olib kiruvchi uzun yo‘lak devorlarida ko‘plab tokchalar joylashgan bo‘lib, ayrimlari turli xonalarga olib boradi.
Ark hududida saroy masjidi, otxona, qo‘riqchilar mahkamasi, ustaxonalar, qurol-aslaha saqlanadigan binolar va boshqa ko‘plab inshootlar bo‘lgan. Saroy masjidi XVIII asr oxirida qurilgan bo‘lib, uning ichki devorlari Qur’on oyatlari va nafis naqshlar bilan bezatilgan. Peshayvon shifti murakkab girih naqshlari bilan ishlangan. Arkning shimoliy-sharqiy qismida Childuxtaron maqbarasi, janubi-g‘arbiy qismida esa Battol G‘oziy xonaqohi hamda qadimiy hammom qoldiqlari saqlanib qolgan.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Afrosiyob ko‘chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.77778
Geografik uzunlik (longitude): 64.410759
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.