7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Urganch shahridan 14 km uzoqlikda, manzarali daraxtlar va dala ekinzorlari orasida, ekologik toza hududda joylashgan
"AL-XORAZMIY" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Urganch shahridan 14 km uzoqlikda, manzarali daraxtlar va dala ekinzorlari orasida, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik milliy gujum daraxtlarga boy bo‘lgan 5 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 4-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni "AL-XORAZMIY" oromgohida yozgi sarguzashtlarimizda kutamiz!
Smenalar 1 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!