Maqbaralar

“Abu Bakr Boboi Porado‘z” ziyoratgohi

Buxoro viloyati | I.Mo‘minov ko‘chasi

60.0 (0)

Boboyi Poradoʻz 842-yil Buxoroda tugʻilib, 925-yilda vafot etgan. U 83 yil umr koʻrgan. Manbalarda "Shavqi Bobo erdi bilsang asli nomi Poradoʻz" deyilgan. Bunday aytilishiga sabab, u Ollohning shavqi, ishqi bilan yashagan deyiladi. Shuning uchun ul zoti sharifni Boboyi Shavqi deb ham ataganlar.

Boboyi Poradoʻz maqbarasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara XIX asrda bunyod etilgan boʻlib, Salloxona darvozasi tashqarisida joylashgan. Hozirgi kunda maqbara Buxoro shahrining Ibn Sino nomli kutubxonasidan oʻtib joylashgan. Maqbara Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi

Maqbara olim va shayx Hazrat Boboyi Poradoʻz (yamoq tikuvchi) qabri ustiga qurilgan. Boboyi Poradoʻz (842—925) yillarda yashab, 83 yosh umr koʻrgan. Uning kasbi yamoqchilik va etikdoʻzlik boʻlgan. shuning uchun u etikdoʻzlarning piri ham hisoblanadi. Mazkur maqbarada Boboyi Poradoʻzdan tashqari koʻplab kishilarning qabri mavjud boʻlgan. Maqbara kirish qismi qayta taʼmirlangan. Maqbaraning yon tomonida tugʻ boʻlib, avliyo qabri joylashganligini bildiradi. Yodgorlik kirish qismi peshtoqi naqsh bilan bezatilgan va maqbara eshigi yangi qoʻyilgan. Maqbara usti kichik va katta gumbazlardan iborat. Maqbara ichkarisida marmardan sagʻana boʻlib, ikki tomonida ziyoratchilarga qulaylik boʻlishi uchun oʻrindiqlar qoʻyilgan. Maqbara ichkarisida mehrob ham mavjud. Sadriddin Salim Buxoriyning fikriga koʻra, sovet yillarida maqbarani buzish uchun kelgan traktor oʻchib, haydovchi oʻlib qolgan. Shu sababli maqbara buzilmay qolgan. Mazkur ziyohatgohga etikdoʻz, tikuvchi, mahsidoʻz va boshqa kasb egalari kelib ziyorat qiladilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng mazkur maqbara tadbirkor Abdulgʻafur Mirzoyev tashabbusi bilan taʼmirlangan.

Meʼmorchiligi

Boboyi Poradoʻz maqbarasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Maqbara pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Hozirgi kunda maqbara saqlanib qolingan.

Rivoyat

Rivoyatlarga koʻra, Boboyi Poradoʻz yotgan mozordagi tuproq zaxm kasalliklariga va turli jarohatlarga davo boʻlar ekan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: I.Mo‘minov ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 40.282344

Geografik uzunlik (longitude): 64.707842

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914180002

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.