Tarixiy va madaniy maskanlar

ABDULLAXON MADRASASI

Buxoro viloyati | Qoʻshmadrasa ansamblining shimoliy qismida, Modarixon madrasasi

30.0 (0)

Abdullaxon madrasasi — Buxorodagi Qoʻshmadrasa ansamblining shimolida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon II davri meʼmorligi yetuk namunasi boʻlgan bu Madrasa Buxoro meʼmorchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy XVI asr yutuqlarini namoyish etadi.

Abdullaxon madrasasi — Buxorodagi Qoʻshmadrasa ansamblining shimolida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Oʻzbek hukmdori Abdullaxon II davri meʼmorligi yetuk namunasi boʻlgan bu Madrasa Buxoro meʼmorchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy XVI asr yutuqlarini namoyish etadi.

Tarixi
Madrasaning me’mori nomaʼlum boʻlib, Abdullaxon II qurdirgan. Qurilish ishlari 1577—1588-yillarda boshlanib, 1589—1590-yilar nihoyasiga yetgan. Madrasa Buxoroda, Qoʻshmadrasa ansamblining shimoliy qismida, Modarixon madrasasi roʻparasida joylashgan. Ushbu va Modarixon madrasalari Qoʻshmadrasa meʼmoriy ansamblini tashkil etadi. Oʻrta Osiyo meʼmorchiligida jabhalari bilan bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan ikkita binoning juftlashgan ansambli „qoʻsh“, ikkita madrasaga nisbatan esa „qoʻsh madrasa“ atamasi ishlatiladi.

Meʼmorchiligi
Madrasa tashqi devorlari tarhida gʻarbiy hamda shimoliy peshtoqlarida katta peshravlar mavjud. Maʼlum vaqt bu joyda mavjud boʻlgan hammomga taqalgan janubiy tomonida esa asosiy devordan oldinga boʻrtib-turtib chiqish — peshravbandlik koʻzga tashlanmaydi.Abdullaxon madrasasidagi masjidda har kuni besh vaqt va juma namozlari o‘qilgan.
Tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Hovli atrofini ikki oshyonli hujralar oʻrab turadi. Har ikki tomonida galereya va baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga oʻtiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan.
Darvozadan oʻtib, ikki yoqdagi katta xonalar — darsxona va masjidga kiriladi. Darvoza xotamkori uslubining noyob namunasi — girih shaklli mayda yogʻoch parchalaridan terilgan.
Hovli kompozitsiyasi bir chiziq boʻyicha joylashgan baland peshtoqlari boʻlgan „chorayvon“ usulida bunyod etilgan. Madrasa burchaklarida vestibyullar — miyonxonalarni oʻz ichiga olgan murakkab tarixiy bogʻlamalar yaratilgan. Gʻarbiy qismida keng gumbazli bir xona mavjud. U 2 qavatli hujralar bilan oʻralgan. 2-qavatda uni oʻziga xos galereya — hujralar peshayvonlari xuddi egilib turganday tuyuladi.
Madrasaning bosh peshtogʻidan tashqari barcha tashqi peshtoqlari pishiq gʻisht bilan koʻtarilgan hamda bezatilgan. Asosiy sharqiy peshtoqning oʻrtasida ravogʻi chuqur boʻlgan salobatli peshtoq mavjud. Unda darvozaxona yuqorisida kutubxona peshayvoni oʻrnatilgan.
Darvozaxona peshtogʻi bir paytlar keng kitoba bitiklar polosasi bilan hoshiyalangan. Unda havorang fonda oq rangdagi harflar bilan Qurʻondan olingan oyatlar yozilgan edi.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Qoʻshmadrasa ansamblining shimoliy qismida, Modarixon madrasasi

Geografik kenglik (latitude): 39.77534

Geografik uzunlik (longitude): 64.40524

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.