Локация и контакты
Регион: Samarqand viloyati
Адрес: Samarqand shahri
Широта: 39.62051
Долгота: 666953461
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998000000000
Сайт: -
Паломнические комплексы
Samarqand viloyati | Samarqand shahri
Samarqand shahrida joylashgan tarixiy yodgorlik bo'lib, maqbarasi, masjid va madrasalar mavjud bo‘lib, ular islomiy arxitektura namunasidir.
Xoja Ahror majmuasi – Samarqand atrofidagi meʼmoriy yodgorlik (15—20-a.lar); Samarqand tumanidagi Ulugʻbek qishlogʻi hududida. Xoja Axror qabri yaqinida turli davrlarda bunyod etilgan Nodir Devonbegi madrasasi, ikki ayvon, masjid, minora hamda hovuzli hovlidan iborat majmua. Majmuaning markazi 8 yoqli hovuz, uning jan.da Xoja Axrorning oq marmarli qabrtoshi bor, qabrtoshiga arab yozuvida husnixat bilan marsiya yozilgan. Shimolida Nodir Devonbegi madrasasi, toʻrtburchak hovlining atrofida hujralar joylashgan; hovlining gʻarbida ayvon bor, bezaklari 17-asrga xos, marmar kursili ustunlar boshasi muqarnasli, shifti 3 qismga boʻlinib, yulduzsimon shakldagi hovuzaklar ishlangan. Ikkinchi murabba tarxli ayvonning sharqiy tomoni ochiq, qolgan uch tomoni kalin devor bilan oʻralgan, devorlariga chuqur ravoqlar ishlangan; yon tomonidan masjidga kiriladi. Masjid sinchli bino boʻlib, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli, yogʻoch ustun toʻsinli, shifti vassali, nafis naqshlar bilan serhasham bezatilgan. Masjid izorasiga koshinkori naqshlar ishlangan, mexrob va ravoklari muqarnaslar bilan toʻldirilgan, yuqoridagi hoshiya qatorlar qirma usulida bajarilgan. Hujralar hovlining shim.da joylashgan, sodda, bezaksiz. Hovuz yonida tagi 6 qirrali minora qad koʻtargan. Taʼmir vaqtida tomi tunuka bilan yopilgan. Taʼmirlashda usta Saʼdulla (1909), ganchkor usta Tursunboy Ismoilov (1921), duradgor usta Hafiz va boshqa qatnashgan.
Регион: Samarqand viloyati
Адрес: Samarqand shahri
Широта: 39.62051
Долгота: 666953461
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998000000000
Сайт: -
Цена:-
Услуги:
Оставьте первый отзыв.
Quick Publish занимает 1-2 минуты. В Advanced режиме доступны полные данные и контент на 3 языках.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.