Археологический туризм

Termiz arxeologiya muzeyi

Surxondaryo viloyati | Surxandaryo viloyati, Termiz shahri, At-Termeziy ko'chasi, 29a

20.0 (0)

Termiz arxeologiya muzeyi 2002-yil 2-aprel kuni O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov loyiha va tashabbusi bilan ochilgan va muzey ochilishida faxriy birinchi mehmon bo'lgan. Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan shaharda Arxeologiya muzeyi ochildi, bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona ixtisoslashtirilgan muzey. Surxondaryo viloyatidagi arxeologik qazishmalar natijasida topilgan eksponatlar Termiz Arxeologiya muzeyida saqlanmoqda.

Termiz arxeologiya muzeyi 2002-yil 2-aprel kuni O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov loyiha va tashabbusi bilan ochilgan va muzey ochilishida faxriy birinchi mehmon bo'lgan. Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan shaharda Arxeologiya muzeyi ochildi, bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona ixtisoslashtirilgan muzey. Surxondaryo viloyatidagi arxeologik qazishmalar natijasida topilgan eksponatlar Termiz Arxeologiya muzeyida saqlanmoqda. Termiz Arxeologiya muzeyi kirish zali, turli davrlardagi 9 ta ekspozitsiya zali, ochiq galereya, numizmatika ekspozitsiya zali va yapon olim va arxeologi Kyudzo Kato sharafiga ochilgan zaldan iborat. Termiz arxeologiya muzeyida umumiy eksponatlar soni 115805 tani tashkil etadi. Muzeyning asosiy zallariga tashrif buyurib, Kushon imperiyasining tarixi, Ellinlar madaniyati, Qadimgi Baqtriya, tosh va bronza asrlari, Shimoliy Toxariston madaniyati va boshqa ko‘p narsalar haqida maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Boysun, Jarqutan va Surxondaryo vohasining qadimiy obidalarida olib borilgan arxeologik ekspeditsiyalar tufayli har yili muzey fondiga yangi topilmalar qo‘shilmoqda.

 

 

Галерея

Локация и контакты

Регион: Surxondaryo viloyati

Адрес: Surxandaryo viloyati, Termiz shahri, At-Termeziy ko'chasi, 29a

Широта: 37.24427

Долгота: 67.28265

Карта:Yandex Maps

Телефон: +998940427500

Сайт: https://arxeologiya-muzeyi.uz/

Цены и услуги

Цена:10000 - 50000 UZS

Услуги:

  • Услуги не указаны

Отзывы

Оставить отзыв

Отзывов пока нет

Оставьте первый отзыв.