Локация и контакты
Регион: Samarqand viloyati
Адрес: Shohi Zinda ko’chasi, 185-uy
Широта: 39.662577
Долгота: 99866987730
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998712335382
Сайт: -
Мавзолеи
Samarqand viloyati | Shohi Zinda ko’chasi, 185-uy
Shohizinda — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (11—19-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl.
Shohizinda meʼmoriy majmuasi Qoraxoniylar sulolasi tomonidan asos solingan.
Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi boʻlib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulugʻbek oʻgʻli nomidan qurdirgan Abdulaziz chortogʻi (1434—35), unga shim.dan Davlat qushbegi madrasasi (1812—13) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik zinapoya oʻrtaligʻining chap tomonida ziyoratxona va goʻrxonadan iborat qoʻshgumbazli maqbara (15-asr) joylashgan.
Oʻrta guruhdagi binolar: Amirzoda maqbarasi, Tugʻlu Tekin maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi, uning qarshisida Temurning boshqa singlisi Turkan ogʻo maqbarasi, 8 qirrali maqbara, Ali Nasafiy maqbarasi kabilar.
Yuqori guruhdagi binolar: Ziyoratxona, uch qismdan iborat masjid, Xoja Ahmad maqbarasi, 1360—61 yillarda qurilgan maqbara, Tuman ogʻo majmuasi (1405—06), 2 ta nomsiz maqbara (14asr oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan. Shuningdek, Tamgʻoch Bugʻroxon madrasasi (11-asr), Amir Burunduq maqbarasi (14-asr oxiri) kabilardir. Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga olingan. 19—20-asrlarda ansamblning yana bir necha binolari barpo etilgan. 18-asrda vayron boʻlgan zina oʻrnida 40 pogʻonali gʻishtin yangi zina qurilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-iyul qaroriga asosan Sh. yodgorlik majmuasida katta koʻlamdagi taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Регион: Samarqand viloyati
Адрес: Shohi Zinda ko’chasi, 185-uy
Широта: 39.662577
Долгота: 99866987730
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998712335382
Сайт: -
Цена:-
Услуги:
Оставьте первый отзыв.
Quick Publish занимает 1-2 минуты. В Advanced режиме доступны полные данные и контент на 3 языках.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.