Локация и контакты
Регион: Qashqadaryo viloyati
Адрес: Beshkent shahridan 12 km uzoqlikda, Qarshi shahrining janubi-g‘arbiy qismidagi Shilvi qishlog‘i
Широта: 38.79116
Долгота: 65.811059
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998900000000
Сайт: -
Паломнические комплексы
Qashqadaryo viloyati | Beshkent shahridan 12 km uzoqlikda, Qarshi shahrining janubi-g‘arbiy qismidagi Shilvi qishlog‘i
Mazkur qadamjo Sharqning buyuk tasavvuf namoyandalaridan biri Abu Bakr Shibliy nomi bilan bog‘liq. U taxminan 861 yilda Samarra shahrida tug‘ilgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani markazi — Beshkent shahridan 12 km uzoqlikda, Qarshi shahrining janubi-g‘arbiy qismidagi Shilvi qishlog‘ida Shayx Shibliy ziyoratgohi joylashgan .
Mazkur qadamjo Sharqning buyuk tasavvuf namoyandalaridan biri — Abu Bakr Shibliy nomi bilan bog‘liq. Uning to‘liq ismi Abu Bakr Dulaf ibn Jaxdar ibn Ja’far bo‘lib, taxminan 861 yilda Samarra shahrida tug‘ilgan. “Shibliy” so‘zi “arslon bolasi” degan ma’noni anglatadi.
Manbalarga ko‘ra, uning ota-bobolari asli O‘ratepadan bo‘lib, keyinchalik Bag‘dodga ko‘chib borgan. Shayx Shibliy yoshligidan ilm-ma’rifatga qiziqib, Bag‘doddagi mashhur allomalardan ta’lim olgan. Uning ustozlari orasida Junayd Bag‘dodiy va Abulxayr Nassoj kabi yirik tasavvuf namoyandalari bor edi. Shuningdek, u Mansur Halloj bilan ham yaqin aloqada bo‘lgan.
Shibliy dastlab davlat xizmatida faoliyat yuritgan. U xalifa al-Muvaffaq saroyida hojib lavozimida ishlagan va keyinchalik Damovand viloyatiga hokim etib tayinlangan. Biroq 40 yoshida bu lavozimdan voz kechib, tasavvuf yo‘lini tanlaydi va to‘liq ruhiy kamolot sari intiladi .
U yigirma yil davomida hadis ilmini, yana yigirma yil fiqh asoslarini chuqur o‘rgangan. Zamondoshlari tomonidan u tasavvuf va fiqh ilmida yetuk alloma sifatida e’tirof etilgan. Uning shaxsiyati haqida Abdurahmon Sulamiy va Abulqosim Qushayriy kabi mutafakkirlar qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.
Shayx Shibliy o‘zining kuchli ilohiy shavqi va ruhiy holati sabab xalq orasida “telba” sifatida ham talqin qilingan. Rivoyatlarda u Mansur Halloj bilan birga ruhiy yo‘lni bosib o‘tgan, biroq turli ta’qiblar natijasida o‘z qarashlarini mo‘tadillashtirgan, deyiladi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Shayx Shibliy haqida alohida ehtirom bilan yozgan. Asarda Shibliy va g‘assol haqidagi mashhur hikoya keltiriladi, unda shayxning karomatlari va ilohiy bashorati tasvirlanadi .
Shayx Shibliy 956 yilda, 87 yoshida vafot etgan. Uning qabri Bag‘dod yaqinidagi Hizron qabristonida joylashgan.
Markaziy Osiyoning turli hududlarida, jumladan Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent viloyatlarida Shibliy nomi bilan bog‘liq joy nomlari mavjud. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Shayx Shibliy ziyoratgohi ham ana shunday ramziy maskanlardan biri bo‘lib, buyuk allomaga bo‘lgan hurmat ifodasidir.

Регион: Qashqadaryo viloyati
Адрес: Beshkent shahridan 12 km uzoqlikda, Qarshi shahrining janubi-g‘arbiy qismidagi Shilvi qishlog‘i
Широта: 38.79116
Долгота: 65.811059
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998900000000
Сайт: -
Цена:-
Услуги:
Оставьте первый отзыв.
Quick Publish занимает 1-2 минуты. В Advanced режиме доступны полные данные и контент на 3 языках.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.