Локация и контакты
Регион: Qashqadaryo viloyati
Адрес: Mardtepa qishlog‘i
Широта: 38.60657
Долгота: 66.25154
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998900000000
Сайт: -
Паломнические комплексы
Qashqadaryo viloyati | Mardtepa qishlog‘i
Ziyoratgoh tasavvufdagi Suhravardiya tariqatining asoschisi Shahobuddin Umar Suhravardiy (1144–1234) nomi bilan bog‘liq
Qashqadaryo viloyati G‘uzor shahrida joylashgan Miri-Janda ziyoratgohi G‘uzor daryosining chap qirg‘og‘ining yuqori qismida, Mardtepa qishlog‘i hududida joylashgan .
Ziyoratgoh tasavvufdagi Suhravardiya tariqatining asoschisi Shahobuddin Umar Suhravardiy (1144–1234) nomi bilan bog‘liq. Allomaning “Suhravardiy” laqabi uning Eronning Jabal viloyatidagi Suhravard shahrida tug‘ilganligini anglatadi. U o‘rta asrlarning yirik so‘fiy olimi, faqih, imom va usulchi sifatida tanilgan bo‘lib, islom olamida katta nufuzga ega bo‘lgan Suhravardiya tariqatiga asos solgan .
Shahobuddin Umar Suhravardiyning dastlabki ustozi uning amakisi — mashhur alloma Abu Najib Suhravardiy bo‘lgan. U Sharqning mashhur ilm maskanlaridan biri — Nizomiya madrasasida tahsil olgan. Suhravardiyning ilmiy qarashlari uning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, “Kashf al-fadoyih al-yunoniya va rashf an-nasoih al-imoniya” asarida yunon falsafasi, xususan, Aristotel peripatetizmi tanqid qilinadi.
Uning “Avarif ul-ma’orif” (“Ma’rifat tuhfalari”) asari tasavvuf gnoseologiyasi, axloq va ruhiy tarbiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, 63 bobdan iborat. Ushbu asarda dunyoviy va ilohiy ilmning o‘zaro bog‘liqligi ta’kidlanadi. Asar XIII–XVI asrlarda arab, fors va turk tillariga tarjima qilingan, keyinchalik Yevropa tillarida ham chop etilgan .
Alloma borliqni ranglar va nur orqali talqin qilib, “Ishroq” (porlash) g‘oyasini ilgari surgan. Shu sababli u “Shayx ul-ishroq” nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Uning “Hikmat ul-ishroq” asari muhim falsafiy va ma’naviy manbalardan biri hisoblanadi.
Shahobuddin Umar Suhravardiy sunniy aqidaga asoslangan mo‘tadil qarashlarni targ‘ib qilgan va Bag‘dodning siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Uning ta’limoti keyinchalik Hindiston hududlarida (Sind, Panjob, Mo‘lton, Gujarot) keng tarqalib, chishtiylik tariqati bilan bir qatorda muhim o‘rin egallagan.
Suhravardiylik tariqati Sharq mamlakatlarida keng yoyilgan bo‘lib, unga turli davrlarda yashagan buyuk allomalar hurmat bajo keltirgan. Jumladan, Alisher Navoiy uni e’zoz bilan tilga olgan. Amir Temur ning piri Shamsiddin Kulol ham ushbu tariqatga mansub bo‘lgan.
Allomaning shogirdlari orasida o‘g‘li Imomiddin Muhammad, Sherozlik Najibuddin Buzg‘ush va boshqalar bor edi. Mashhur fors shoiri Sa’diy Sheroziy ham o‘zining “Bo‘ston” asarida Suhravardiyni ustozi sifatida tilga olgan.
U Bag‘dod xalifasi tomonidan shayxlar rahnamosi etib tayinlangan, keyinchalik xalifa Nosir lid-Dinilloh saroyida maslahatchi darajasiga ko‘tarilgan. 1217–1218 yillarda Xorazmshoh Alouddin Muhammad bilan diplomatik aloqalarda qatnashgan.
Manbalarda Suhravardiyning qayerda dafn etilgani haqida turli fikrlar mavjud. Ayrimlariga ko‘ra, u Bag‘dodda vafot etib shu yerda dafn etilgan. Boshqa manbalarda esa uning qabri G‘uzor hududida joylashgani qayd etiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, Amir Temur tomonidan uning qabri ustiga maqbara qurdirilgan .
Ziyoratgoh “Miri Janda” nomi bilan mashhur bo‘lib, bu nom “buyuk hirqa sohibi” ma’nosini anglatadi. Majmua tarkibida ilgari chillaxona va hujralar mavjud bo‘lib, bu yerda shogirdlar tahsil olgan. Hozirgi kunda esa asosan maqbara qismi saqlanib qolgan bo‘lib, u o‘rta asr me’morchiligi an’analarini aks ettiradi .
Bugungi kunda Miri-Janda ziyoratgohi nafaqat tarixiy yodgorlik, balki tasavvuf ilmi va ma’naviy merosni o‘zida mujassam etgan muhim maskan sifatida qadrlanadi.

Регион: Qashqadaryo viloyati
Адрес: Mardtepa qishlog‘i
Широта: 38.60657
Долгота: 66.25154
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998900000000
Сайт: -
Цена:-
Услуги:
Оставьте первый отзыв.
Quick Publish занимает 1-2 минуты. В Advanced режиме доступны полные данные и контент на 3 языках.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.