Локация и контакты
Регион: Qashqadaryo viloyati
Адрес: Eski Nishondan bir necha kilometr uzoqlikda, Otquduq qishlog‘i yaqinida
Широта: 38.483997
Долгота: 65.775586
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998900000000
Сайт: -
Паломнические комплексы
Qashqadaryo viloyati | Eski Nishondan bir necha kilometr uzoqlikda, Otquduq qishlog‘i yaqinida
To‘liq ismi Abul Qosim Junayd ibn Muhammad al-Qavoririy al-Xazzoz al-Bag‘dodi, u Bag‘dodda tug‘ilgan. U tasavvuf tarixida muhim o‘rin tutgan Junaydiya tariqatining asoschisi.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani, Eski Nishondan bir necha kilometr uzoqlikda, Otquduq qishlog‘i yaqinida Junayd Bag‘dodiy nomi bilan bog‘liq ziyoratgoh joylashgan .
To‘liq ismi Abul Qosim Junayd ibn Muhammad al-Qavoririy al-Xazzoz al-Bag‘dodiy (?-910) bo‘lib, u Bag‘dodda tug‘ilgan. U tasavvuf tarixida muhim o‘rin tutgan Junaydiya tariqatining asoschisi hisoblanadi. Manbalarda u “Toj ul-orifiyn”, “Sulton ul-muhaqqiqiyn” va “Ustod ul-tariqat” kabi unvonlar bilan tilga olinadi.
Junayd Bag‘dodiy butun umrini Bag‘dodda o‘tkazib, shu yerda ilm olgan va faoliyat yuritgan. U tasavvufni islom aqidalariga mos holda rivojlantirib, insonning ruhiy poklanishi va ma’naviy kamolotiga alohida e’tibor qaratgan. Bag‘dod ahli uni “Sayyid ut-toifa” deb atagan.
U yoshligida otasidan yetim qolib, tog‘asi — mashhur so‘fiy Sariy Saqatiy qo‘lida tarbiya topgan. Fiqh va hadis ilmlarini esa Abu Savra Ibrohim Bag‘dodiydan o‘rgangan. Shuningdek, unga Al-Haris al-Muhasibiy ham ustozlik qilgan .
Junayd Bag‘dodiy tomonidan yozilgan 31 ta risola mavjud bo‘lib, ular “Rasoil” nomi bilan mashhur. Ushbu asarlarda tasavvufga oid nazariy qarashlar, Qur’on oyatlariga sharhlar va ma’naviy kamolot masalalari yoritilgan. U tavhid (Allohning yagonaligi) g‘oyasini chuqur falsafiy va ruhiy tajriba asosida tushuntirib bergan.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Junayd Bag‘dodiy haqida yuksak ehtirom bilan: “Har kim yarim kun Junayd bilan suhbat qilgan bo‘lsa, undan odob ketmagay” deya ta’rif beradi .
Junayd Bag‘dodiy shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat ilmlarida yuksak darajaga erishgan alloma bo‘lgan. Zamondoshlari uning ilmiy va ruhiy salohiyatini yuqori baholaganlar. Masalan, Shayx Shibliy: “Agar aql inson qiyofasiga kirsa edi, Junayd qiyofasida bo‘lardi”, — deya ta’riflagan.
Junayd Bag‘dodiy 910 yilda Bag‘dodda vafot etgan va u yerda dafn etilgan. Iroqda uning qabri ustiga maqbara qurilib, yirik ziyoratgohga aylantirilgan.
Nishon tumani Otquduq qishlog‘i yaqinidagi ziyoratgoh esa ramziy qabr hisoblanadi. Bu yerda XIX asrga oid “Junayd Bag‘dodiy” nomi yozilgan qabrtosh topilgani sababli ushbu maskan muqaddas joy sifatida e’tirof etiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, Amir Temur yurishlari davrida buyuk allomalar qabr tuprog‘idan olib kelib, ramziy ziyoratgohlar barpo ettirgan.
Mazkur ziyoratgoh Nishon cho‘lidagi tepalikda joylashgan bo‘lib, 2017–2018 yillarda mahalliy homiylar tomonidan qayta tiklangan. Qabr ustiga gumbazli xonaqoh qurilib, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan .
Hozirgi kunda ushbu maskan mahalliy aholi tomonidan muntazam ziyorat qilinadigan muqaddas joylardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bahor oylarida hosil mo‘l bo‘lishi tilab ehsonlar qilinadi.

Регион: Qashqadaryo viloyati
Адрес: Eski Nishondan bir necha kilometr uzoqlikda, Otquduq qishlog‘i yaqinida
Широта: 38.483997
Долгота: 65.775586
Карта:Yandex Maps
Телефон: +998900000000
Сайт: -
Цена:-
Услуги:
Оставьте первый отзыв.
Quick Publish занимает 1-2 минуты. В Advanced режиме доступны полные данные и контент на 3 языках.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.