Мавзолеи

Ismoil Somoniy maqbarasi

Buxoro viloyati | Buxoro shahri, Muxtor Ashrafiy

680.0 (0)

Somoniylar maqbarasi — Buxoro shahar madaniyat va istirohat bogʻi hududida joylashgan koʻhna meʼmoriy yodgorlik.

Somoniylar maqbarasi — Buxoro shahar madaniyat va istirohat bogʻi hududida joylashgan koʻhna meʼmoriy yodgorlik, Somoniylar davlatining asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi (taxminan 892907). Maqbara Oʻrta Osiyo meʼmorligi va sanʼati tarixidagi dastlabki maqbaralardan boʻlib, uning tuzilishida qadimiy soʻgʻd meʼmorligining anʼanalari saqlanib qolgan buyuk meʼmoriy asardir.Somoniylar maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan. Ayrim rivoyatlarga koʻra, uni qurishda tuya sutiga qorilgan loy ishlatilgan[1].

Maqbara 4 tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, buyra toʻqimasini eslatadi. Devor qalinligi —1,8 m, tarhi — tashqarisi 10,80x10,70 m, ichkarisi 7,20x7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta).

Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos gʻishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bezak bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bagʻalidagi ustma-ust ravoqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan.

Галерея

Локация и контакты

Регион: Buxoro viloyati

Адрес: Buxoro shahri, Muxtor Ashrafiy

Широта: 39.7793

Долгота: 66.440002

Карта:Yandex Maps

Телефон: +998000000000

Сайт: -

Цены и услуги

Цена:-

Услуги:

  • Услуги не указаны

Отзывы

Оставить отзыв

Отзывов пока нет

Оставьте первый отзыв.