Паломнические комплексы

Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi

Samarqand viloyati | Samarqand viloyati Payariq tumani Xo'ja Ismoil qishlog'i

20.0 (0)

Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi — Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlogʻida joylashgan. U memorial, diniy va maʼnaviy-maʼrifiy inshootlar majmuasidir

Majmua qoshida turizm markazi ochildi. Yondosh 15 gektar maydonda zamonaviy infratuzilma yaratilib, mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va servis nuqtalari barpo etildi. Jumladan, 1 ta to‘rt yulduzli, 2 ta uch yulduzli mehmonxona, 22 ta 176 o‘rinli oilaviy mehmon uylari hamda avtoturargoh qurilgan. Mazkur obyektlar to‘liq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanib, hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, buning natijasida Imom Buxoriy majmuasi ilgari bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir kuniga 65 ming nafar ziyoratchini qabul qilish quvvatiga ega.

Majmuaning maydoni 45 gektarni tashkil etadi. 10 ming kishiga mo‘ljallangan ulkan masjid, ma’muriyat binosi, 154 ustunli, milliy uslubdagi ayvon qurildi.

Majmua tarkibida ilg‘or axborot texnologiyalari asosida 9 pavilondan iborat innovatsion muzey barpo etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. Shuningdek, muzeyda Qur’oni karimda ismlari zikr qilingan 25 payg‘ambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanishi va yozilishi haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.

Qadamjoda 14 ta moviy gumbaz, 75 metrlik 4 ta minora bor

imom buхорий majmuasi, шавкат мирзиёев

imom buхорий majmuasi, шавкат мирзиёев

imom buхорий majmuasi, шавкат мирзиёев

imom buхорий majmuasi, шавкат мирзиёев

imom buхорий majmuasi, шавкат мирзиёев

Галерея

Локация и контакты

Регион: Samarqand viloyati

Адрес: Samarqand viloyati Payariq tumani Xo'ja Ismoil qishlog'i

Широта: 39.820936

Долгота: 66944626

Карта:Yandex Maps

Телефон: +998911979695

Сайт: -

Цены и услуги

Цена:-

Услуги:

  • Услуги не указаны

Отзывы

Оставить отзыв

Отзывов пока нет

Оставьте первый отзыв.