Мавзолеи

Chor Minor madrasasi

Buxoro viloyati | Chor Minor 1

680.0 (0)

Chor Minor — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Chor Minor anʼanaviy usulda qurilgan masjid hamda madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat.

Chor Minor (fors. — toʻrt minora) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1807). Xalifa Niyozquli qurdirgan. Chor Minor anʼanaviy usulda qurilgan masjid hamda madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat. Bino bir vaqtning oʻzida masjid sanaladi. Oʻrta Osiyo meʼmorchiligida koʻrinishi jihatdan ajralib turuvchi bino zikrxonasi bilan ahamiyatga ega. Markaziy binoning har ikki tomonida mavjud boʻlgan hujralarning baʼzilari qulab tushgan va faqatgina poydevor oʻrni qolgan. Hujralar talabalar uchun yotoqxona vazifasini oʻtab kelgani taxmin qilinadi.

Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining janubi-gʻarbiy burchagida joylashgan. Madrasaga 2 qavatli, gumbaz tomli darvozaxona orqali kiriladi. Murabba tarhli darvozaxona oʻziga xos mujassamot yechimiga ega: oldi peshtoqli, toʻrt burchagida toʻrtta minora joylashgan (nomi ham shundan), minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan boʻlib, ular sirkori koshinlar bilan bezatilgan. 2 qavatli xonaning 1-qavati miyonsaroy koʻrinishida boʻlib, izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, 2-qavati kutubxona, kutubxonaning shifti pastak gumbazli boʻlib, sodda muqarnaslar halqasi bilan toʻldirilgan. 2-qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi.

Chor Minor madrasasining oʻng tomonida bino bilan yoshi tengligi taxmin qilinadigan hovuz mavjud. Bugungi kunda madrasa atrofi kichik rastalar va aholi yashaydigan xususiy uylar bilan oʻralgan.

1995-yilda Chor Minor madrasasi UNESCO tashkiloti tomonidan „Butun Jahon madaniy yodgorliklari“ ro‘yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qabul qilgan „Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish“ hamda 2008-yil 12-sentyabr „Muzeylar to‘g‘risida“gi qonunlarining ijrosi oʻlaroq meʼmoriy obidaning taʼmirtalab qismlari qayta tiklangan

Галерея

Локация и контакты

Регион: Buxoro viloyati

Адрес: Chor Minor 1

Широта: 39.775418

Долгота: 64.42808

Карта:Yandex Maps

Телефон: +998000000000

Сайт: -

Цены и услуги

Цена:-

Услуги:

  • Услуги не указаны

Отзывы

Оставить отзыв

Отзывов пока нет

Оставьте первый отзыв.