Локация и контакты
Регион: Andijon viloyati
Адрес: Andijon viloyati, Andijon shahri, Abdurauf Fitrat koʻchasi, 259-uy
Широта: -
Долгота: -
Карта:-
Телефон: +998742251823, +998742254107
Сайт: http://andijanmuseum.uz
categoryTypes.muzeylar
Andijon viloyati | Andijon viloyati, Andijon shahri, Abdurauf Fitrat koʻchasi, 259-uy
Andijon viloyatidagi tarix va madaniyat davlat muzeyi o‘zining yuqori salohiyati bilan ajralib turadigan ilmiy-ma’rifiy markazlardan biridir. Muzey 1934 yilda viloyat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasining bazasida tashkil etilgan bo‘lib, Andijon viloyat o‘lkashunoslik muzeyi deb atalib kelgan.
1934-yilda Jomiy meʼmoriy majmuasi hududida, oʻsha paytda bozor sifatida foydalanilgan madrasa binosida sovet hokimiyati Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyini tashkil etishga qaror qiladi. 1970-yilda binoda O‘zbekiston Davlat adabiyot muzeyi filiali ochiladi. Keyinchalik Andijon viloyati Asaka tumanida Andijon viloyati adabiyot va sanʼat muzeyi, 1995-yilda esa madrasa binosida Andijon viloyati adabiyot va sanʼat muzeyining xalq amaliy sanʼati bo‘limi (keyinchalik ushbu boʻlim bosh binoga aylantiriladi) tashkil etiladi. O‘lkashunoslik muzeyi esa alohida binoga ko‘chirilib, Andijon viloyati tarix va madaniyat muzeyi filialiga aylantiriladi[1][2][3].
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qarori asosida 2017-yil 11-dekabrda Andijon tarixiy-o‘lkashunoslik muzeyi hamda Andijon viloyati Adabiyot va san’at muzeyi (1972-yilda tashkil etilgan) qayta tashkil etilib, yangi tuzilma – Andijon viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyiga birlashtirilgan. Hozirgi kunda muzey to‘rt bo‘lim va bitta filialdan iborat.
Muzey faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma’naviy, madaniy va ilmiy merosni to‘plash, o‘rganish va asrab-avaylashdan iboratdir. Muzey kolleksiyasidagi tarixning tilsiz guvohlari bo‘lgan ushbu buyumlar xodimlar tomonidan qariyb 90 yil davomida to‘plangan bo‘lib, ular birinchi navbatda, qariyb 3 ming yillik umumiy o‘zbek davlatchiligi tarixining ajralmas qismi bo‘lgan Andijon viloyatining o‘tmi shi haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari, bu buyumlar O‘zbekistonning jahon tsivilizatsiyasi tarixida tutgan o‘rni va rolini xolisona baholash imkonini ham beradi.
Muzey ekspozitsiyalari va ko‘rgazmalari muntazam yangilanib, yangi eksponatlar bilan boyitib boriladi. Har yili unga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa sayyohlar soni tobora ortib bormoqda. Yana shuni ta’kidlash joizki, ekspozitsiyalarning marshruti xronologik tartibda tuzilgan bo‘lib, ular Andijon viloyati misolida mamlakatimizning asrlar qayeridan kelayotgan tarixini izchil bilan ochib beradi.
Muzeyning ilmiy salohiyati yil sayin ortib bormoqda. Uni mustahkamlashda turli soha vakillari – tarixchilar, arxeologlar, filologlar, geologlar, biologlar Ishtirok etishgan. Muzey tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ekspeditsiyalar natijasida qo‘lga kiritilgan minglab arxitektura artefaktlar bugungi kunda mamlakatimiz tarixi, etnografiyasi va madaniyatini o‘rganishda qimmatli manba sifatida xizmat qilmoqda.
Andijon viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi fondlarida bugungi kunda 156 mingdan ortiq bebahо arxitekturik artefaktlar, numizmatika namunalar, etnografik eksponatlar, shuningdek, noyob arxiv ma’lumotlari, qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar, tasviriy san’at asarlari saqlanadi.
Andijon viloyati tarix va madaniyat muzeyi bosh binosi;
Oʻlkashunoslik muzeyi;
Tasviriy sanʼat kafedrasi;
Zahiriddin Bobur uy-muzeyi;
Abdulhamid Cho‘lpon memorial muzeyi;
Zokirjon Habibiy memorial muzeyi.
Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyi kolleksiyasi dastlab XX asrning birinchi yarmida Fargʻona vodiysi hududidan oʻrin olgan Elatan, Shoʻrtepa, Lumbitepa, Gʻayrattepa aholi punktlarida olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan arxeologik topilmalar va eksponatlar, mahalliy aholi, jumladan, andijonlik hunarmandlar tomonidan taqdim etilgan sanʼat asarlari bilan toʻldirilgan. Eksponatlar orasida gilam va so‘zanalar, kulollar yasagan buyumlar, yog‘och va metall o‘ymakorligi buyumlari mavjud boʻlgan. XX asrning boshlarida andijonlik hunarmandlar tomonidan yaratilgan ko‘rpalar to‘plami muzeyning faxri bo‘lib, unga o‘rta asrlarda yozilgan sheʼrlardan misralar tikib ishlangan.
Muzey kolleksiyalaridan, shuningdek, Imom az-Zamaxshariyning „Tafsiri Kashshof“ qoʻlyozma jildlari, Shayx Abu Tolib al-Makkiyning „Quvtul kulub“ kompozitsiyasi, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy qoʻlyozmasi, 1937-yilda xattot va rassom Mirzo Ibrohim Subxiy tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozmalar ham oʻrin olgan boʻlib, ular muzey qoʻlyozmalari fondida jamlanadi. Muzeyda Boburiylarva temuriylar davrida foydalanilgan tangalardan tashkil topgan numizmatik kolleksiya ham mavjud. Shuningdek, kolleksiyada Qoraxoniylar davriga oid nodir tanga boʻlib, unga Qurʼon suralari zarb qilingan[5].

Регион: Andijon viloyati
Адрес: Andijon viloyati, Andijon shahri, Abdurauf Fitrat koʻchasi, 259-uy
Широта: -
Долгота: -
Карта:-
Телефон: +998742251823, +998742254107
Сайт: http://andijanmuseum.uz
Цена:-
Услуги:
Оставьте первый отзыв.
Quick Publish занимает 1-2 минуты. В Advanced режиме доступны полные данные и контент на 3 языках.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.