Курорты

Abu ali ibn Sino sanatoriyasi

Samarqand viloyati | Nurobod tumani, Nurobod shahri

00.0 (0)

Sanatoriy asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-xarakat, teri kasalliklariga duchor bo‘lgan bemorlarni davolaydi. Sanatoriyning asosiy xosiyati rodonli suvidir.

Sanatoriyning davolash va diagnostika xonalari zamonaviy tibbiyot apparatlari va uskunalari bilan jihozlangan. Sanatoriyda parhezli ovqatlanish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Dam oluvchilar qulay ikki qavatli yotoqxona binosiga bir hamda ikki kishilik xonalarga joylashtiriladi. Yozgi va qishki klub, diskoteka, sport maydonchasi, choyxona dam oluvchilar xizmatida. Sayohat paytida sizga jahonning barcha mamlakatlaridan minglab sayyohlarni jalb etgan qadimiy Samarqandning so‘nmas obidalarini ko‘rsatishadi.
Sanatoriyda bemorlarni davolashda:
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- fizioterapiya;
- parafin;
- balchiq va igna bilan davolash;
- davolash badantarbiyasi;
- uqalash;
- o‘t-giyohlardan damlamalar tayyorlash;
- ichaklarni yuvish;
- ingalyatsiya usullaridan foydalaniladi

Sanatoriyning asosiy xosiyati rodonli suvidir. Termal (37-43o C), tarkibi tabiiy rodonli (20-25 mKiG‘p), xlorid-sulfat, Natriyli, Kam ishqorli (pH-8,1) va azot gazli suvidir. Xususiyatiga ko‘ra, u mashxur Sxaltuba suviga o‘xshash. Sanatoriyning davolash va diagnostika xonalari zamonaviy tibbiyot apparatlari va uskunalari bilan jihozlangan. Sanatoriyda parhezli ovqatlanish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Dam oluvchilar qulay ikki qavatli yotoqxona binosiga bir hamda ikki kishilik xonalarga joylashtiriladi. Yozgi va qishki klub, diskoteka, sport maydonchasi, choyxona dam oluvchilar xizmatida. Sayohat paytida sizga jahonning barcha mamlakatlaridan minglab sayyohlarni jalb etgan qadimiy Samarqandning so‘nmas obidalarini ko‘rsatishadi.

Галерея

Локация и контакты

Регион: Samarqand viloyati

Адрес: Nurobod tumani, Nurobod shahri

Широта: -

Долгота: -

Карта:-

Телефон: +998937202269, +998955094066

Сайт: https://abualiibnsinosanatorium.uz

Цены и услуги

Цена:-

Услуги:

  • Услуги не указаны

Отзывы

Оставить отзыв

Отзывов пока нет

Оставьте первый отзыв.