Pilgrimage Complexes

Qutayba Ibn Muslim maqbarasi

Andijon viloyati | Jalaquduq mahallasi, Qilichmozor mahallasi

10.0 (0)

Jalaquduq tumani Paxtakor qishlog’ida joylashgan. Andijon shahridan 28 km uzoqlikda. 715 yilda yangi saylangan xalifa Sulaymonga bo’ysunishdan bosh tortganligi uchun isyon ko’targan lashkarlar tomonidan o’ldirilgan arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim Bahiliy dafn etilgan. Tarixchi Narshaxiy uning qabri qo’yilgan qabristonni “Mozorbuva” nomi bilan tilga olgan.

Qutayba Ibn Muslim 661-yilda hozirgi Iroq davlati qadimgi Shomda Boksilida tugʻilgan. U eng qadimiy arab qabilasining Bahiliy qavmidan boʻlgan. 704-yilda Xurosonga hokim etib tayinlanadi. Xalifalik hududi bilan yangi boʻysunmagan yerlar orasidagi yerlarni uzoq vaqt ajratib turgan Amudaryodan oʻtib, Qutayba qoʻshinlari 708-yilda Keshni, 709-yilda Buxoroni, 712-yilda Xorazm va Samarqandni, 713-yilda Choshni (hozirgi Toshkent) egalladi. Keyinchalik 714-yilda Qutayba Ibn Muslim Fargʻona vodiysini egallaydi.

Xuroson va Movarounnahr oʻlkalarida Islom dinini mustahkamlash yoʻlida jonini qurbon qilgan. U Xurosonda vafot etgan va dafn etilgan. Uning dahmasi Fargʻona vodiysida joylashgan. Qutayba Ibn Muslim 715-melodiy yili muqaddam Jalaquduq tumani Qilichmozor qishlogʻiga dafn qilingan. 1935—1936-yillarda maqbara dahriylar tomonidan buzib tashlangan. Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi atrofida topilayotgan meʼmoriy bezak qoplamalarining boʻlaklari tayyorlanish texnikasi va oʻlchamlariga koʻra ikki, yaʼni X—XIII va XIV—XV asrlarga tegishli ekanligini anglatadi. Ziyoratgohdan topilgan kvadrat shaklidagi pishgan gʻishtlar oʻlchamlariga koʻra Qoraxoniylar va Temuriylar davriga oid qurilish materiallari foydalanilgani bildiradi.

Qadimgi tarixchi Narshaxiyning qoʻlyozmasida arab sarkardasining qabrlaridan biri „Mozor-buva“ nomi bilan qayd etilgani keltirib oʻtilgan.

Fargʻona vodiysidagi Qutayba Ibn Muslim dafn etilgan joyga samarqandlik ustalar Amir Temurning buyrugʻi bilan katta maqbara barpo etishgan. Oʻsha paytda maqbaraning maydoni 5 gektar hududni egallagan boʻlib, maqbaraning oʻzi 20 metr balandlikka yetgan. Qabr ustida eng dastlabki paxsadan koʻtarilgan toʻrtburchak supasimon inshoot qayd etgan. Sifatli loydan yaxshi pishirilgan paxsa yordamida tiklangan. Paxsa juda qattiq va yaxshi saqlangan. Supasimon inshoot pishirilgan somonli loydan bir necha marta suvalib taʼmirlangan. 1935—1940-yillarda qayta taʼmirlangan. 1975-yilda Andijon viloyati rahbari Bektosh Raximov boshchiligida qabr ustiga maqbara qurdirgan.

Gallery

Location and contacts

Region: Andijon viloyati

Address: Jalaquduq mahallasi, Qilichmozor mahallasi

Geographic latitude: 40.769753

Geographic longitude: 72.60728

Map:Yandex Maps

Phone: +998000000000

Website: -

Pricing and services

Price:-

Services:

  • No services provided

Reviews

Write review

No reviews yet

Be the first to leave a review.

Create listing

Quick Publish is 1-2 minutes. Advanced mode includes full details and 3-language content.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.