Location and contacts
Region: Buxoro viloyati
Address: Buxoro shahri, Afrosiyob ko'chasi
Geographic latitude: 39.77712
Geographic longitude: 64.415127
Map:Yandex Maps
Phone: +998000000000
Website: -
Pilgrimage Complexes
Buxoro viloyati | Buxoro shahri, Afrosiyob ko'chasi
Poyi Kalon – Minorai Kalon etagida joylashgan meʼmoriy ansambl hisoblanadi.
Poyi Kalon (Forscha: پای کلان – Toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasi: "katta oyoq' „) – Minorai Kalon etagida joylashgan meʼmoriy ansambl hisoblanadi. Majmua XII – XVI asrlarda qurilgan uchta inshootdan, jumladan, Kalon minorasi, Kalon masjidi va Mir Arab madrasasidan tashkil topgan. Poyi Kalon bosh Registon maydonida joylashgan va u Buxoroning markaziy meʼmoriy ansamblidir. Poyi Kalon – Fors tilidan tarjima qilinganda ,,yaqinroq, yaqinida“ degan maʼnolarni anglatgan. Bundan tahqari, xalq tilida „Poyi masjid/Kalon madrasasi“ yoki boʻlmasa „hovli yaqinidagi, masjid/Madrasa yaqinida“ degan atamalar bilan ham uchrab ataladi. Minorali qal’a masjid VIII asrda arablar tomonidan Movarounnahr egallab olinishidan oldin Buxorodagi shahar qalʼasi etagida joylashgan boʻlgan. XII asrga kelib, Arslonxon Muhammad tomonidan shaharni qayta tashkil etish rejasi tuzilgan. Markaziy koʻchalardan hisoblangan Bu-Laysa koʻchasidagi shahar saroyi demontaj qilinib, oʻsha paytda xarobaga aylangan qal’a qayta tiklangan hamda shahar masjidi koʻchirilgan. Qoʻrgʻondan taxminan bir yuz ellik metr janubi-sharqda yangi masjid, yonida esa minora qurililgan. Narshaxiyning fikriga koʻra minora – „chiroyli ishlagan“[1] ammo u mustahkam qilib qurilmagan. Qurilish ishlari tugagandan soʻng, minora masjid ustiga qulab tushgan va uning uchdan ikki qismini vayron boʻlgan. 1121-yilga kelib yangi masjid, 1127-yilda esa minora qayta qurilgan. Mazkur minora hozirgacha saqlanib qolingan.
XV asrda Arslonxon masjidi oʻrnida hozirgi Masjidi Kalon qurilgan boʻlib, uning bezaklari 1514-yilda yakunlangan. Bu haqda bino fasadidagi yozuvda bitib qoʻyilgan. Ansamblning hozirgi koʻrinishi 1536-yil Ubaydullaxonning ishonchli odami yamanlik Mir Arab maslahati bilan bunyod etilgan. Miri Arab vafotidan keyin qabri uning nomidagi madrasa hovlisida qad rostlagan va Ubaydullaxonning oʻzi ham shu yerga dafn etilgan.
Region: Buxoro viloyati
Address: Buxoro shahri, Afrosiyob ko'chasi
Geographic latitude: 39.77712
Geographic longitude: 64.415127
Map:Yandex Maps
Phone: +998000000000
Website: -
Price:-
Services:
Be the first to leave a review.
Quick Publish is 1-2 minutes. Advanced mode includes full details and 3-language content.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.