Location and contacts
Region: Andijon viloyati
Address: Xonobod shahri Fozilmon ota qishlog’i
Geographic latitude: 40.821275
Geographic longitude: 72.995035
Map:Yandex Maps
Phone: +998900000000
Website: -
Pilgrimage Complexes
Andijon viloyati | Xonobod shahri Fozilmon ota qishlog’i
Xonobod shahri Fozilmon ota qishlog’ida joylashgan. Andijon shahar markazidan 72 km uzoqlikda. Diniy ulomo Sayid Fozilmon Dehlaviy dafn etilgan. Shifobaxsh bulog’i movjud. Ziyoratgoh sifatida mashhur.
“Fozilmon ota” ziyoratgohi Farg‘ona vodiysining turizm markaziga aylanib borayotgan so‘lim Xonobod shahrining eng obod maskanlardan biri hisoblanadi.
“Fozilmon ota” ziyoratgohi – Andijon viloyatining qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan eng chekka sharqiy-janubiy hududidagi Xonobod shahrining Fozilmon mahallasida joylashgan qadimiy ziyoratgohdir. Ushu muqaddas maskanning eng muhim va asosiy xosiyati uning insonlar salomatligiga ijobiy ta’sir qiluvchi shifobaxsh bulog‘idir.
“Фозилмон ота” зиёратгоҳи ҳақида эшитганмисиз?
Фото:Zuhriddin Umurzoqov
Ota-bobolarimiz, keksa avlod vakillarining aytishlaricha, ming bir dardga davo bulog‘ining hayotbaxsh tirik suvlaridan necha asrlar davomida odamlar shifo topib keladi. Ziyoratgohga nafaqat andijonliklar, balki respublikamizning boshqa viloyatlaridan ham odamlar kelib dam oladi. Buloq suvi inson organizmiga tetiklik, quvvat baxsh etadi, ko‘plab xastaliklarga, ayniqsa, ichki va teri kasalliklariga yaxshi davo bo‘ladi.
Rivoyatlarga ko‘ra, XIII asrda yashab o‘tgan ulamo, payg‘ambarimiz avlodlaridan Sayid Fozilmon Dehlaviy hazratlari Allohning irodasi ila muqaddas buloq bo‘yini o‘ziga makon qilgan. Insonlarni dinu diyonatga, haqiqatga, ma’rifatga chorlagan. O‘z karomatlari bilan el orasida avliyolik maqomini olgan. U zot vafot etgach, shu joyga dafn qilinadi.
XVI asr oxirida kelgan kuchli sel natijasida Fozilmon ota maqbarasi loyqa ostida qoladi. 1805 yilda ulamo, o‘zbek mumtoz adabiyotining vakili shoir Xo‘jamnazar Xolmuhammad o‘g‘li Xuvaydoning o‘g‘li Xolmuhammad Eshon ibn Xavaydo tomonidan qabr o‘rni aniqlanib, maqbara qayta tiklangan.
Keyingi yillarda maqbara va ziyoratgoh milliy uslubda ta’mirlanib, obodonlashtirildi. Ziyoratchilarning ko‘ngilli dam olib, hordiq chiqarishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi. Har yili, ayniqsa, yoz mavsumida bu yer minglab ziyoratchilar kelib-ketadigan eng gavjum maskanlardan biriga aylanadi.
Region: Andijon viloyati
Address: Xonobod shahri Fozilmon ota qishlog’i
Geographic latitude: 40.821275
Geographic longitude: 72.995035
Map:Yandex Maps
Phone: +998900000000
Website: -
Price:-
Services:
Be the first to leave a review.
Quick Publish is 1-2 minutes. Advanced mode includes full details and 3-language content.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.