Location and contacts
Region: Buxoro viloyati
Address: Buxoro shahri, Afrosiyob ko'chasi
Geographic latitude: 39.77874
Geographic longitude: 64.410423
Map:Yandex Maps
Phone: +998652241729
Website: -
Mausoleums
Buxoro viloyati | Buxoro shahri, Afrosiyob ko'chasi
Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi qadimiy ark; atrofidagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda koʻtarilgan va taxminan 4 gektar maydonni egallagan monumental qal’a.
Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi qadimiy ark; atrofidagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda koʻtarilgan va taxminan 4 gektar maydonni egallagan monumental qal’a. Qalʼa Buxoroning eng qadimiy meʼmoriy va arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Bu qal’a tepalikni tashkil etgan koʻp asrlik vayronagarchilik qatlamlariga ega shaharning eng qadimiy qismi hisoblanadi.
O‘z vaqtida Registon maydoni ustida qad ko‘targan Ark buyuklik, qudrat va o‘tib bo‘lmaslik timsoli bo‘lgan. Ark devorlaridan birida bir vaqtlar Buxoro amirligidagi qudrat ramzi bo‘lgan katta charm qamchi osilgan. Balandligi 20 m cha boʻlgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, tarhi koʻpburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom gʻisht, paxsalar bilan mustahkamlangan. Oʻpirilib tushgan joylari dastlab xom gishtdan, keyin pishiq gʻishtdan taʼmir etilgan.
Koʻtarila boruvchi yoʻl orqali gʻarbdagi ulkan darvozadan (16-asr) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham ilgari darvoza boʻlgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi „guldasta“ va ular oraligʻidagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyoʻlakning chap devorida 12 va oʻng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning baʼzilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim yertoʻlalar boʻlgan.
Dalonning oʻng tomonidagi oʻrta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navroʻz bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona)siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda toʻpchi boshi (saroy qoʻriqchilari boshligʻi)ning mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yertoʻla boʻlgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (gʻarbiy devor burchagida) peshayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-asr oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.
Arkning shimoliy-gʻarbiy burchagida toʻpchi boshining uyi va taʼmir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona boʻlgan. Masjidning sharq tomonida lar oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning gʻarbiy devoridan boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Darvozasi oldidagi Registon maydonida koʻpgina imoratlar boʻlgan. Uning gʻarbiy devoriga qaragan peshayvonga zambaraklar qoʻyilgan.
Ark darvozasining chap tomonida lashkarboshi mehmonxonasi, shimolida esa qurolyarogʻlar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qoʻrxona) boʻlgan. Arkning shimoliy-sharqidagi „Childuxtaron“ maqbarasi, janubiy-gʻarbda „Battol Gʻoziy xonaqohi“, xos hammom qoldiqlari saqlangan.
Region: Buxoro viloyati
Address: Buxoro shahri, Afrosiyob ko'chasi
Geographic latitude: 39.77874
Geographic longitude: 64.410423
Map:Yandex Maps
Phone: +998652241729
Website: -
Price:-
Services:
Be the first to leave a review.
Quick Publish is 1-2 minutes. Advanced mode includes full details and 3-language content.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.