Bolalar oromgohlari

ZOMIN

Sirdaryo viloyati | Guliston sh. Islom Karimov ko'chasi, 60-uy

110.0 (0)

Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi “ZOMIN” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi Jizzax viloyatining betakror Zomin tumani tog‘ yonbag‘rida joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshdagi bolalarining hordiq olishlari va sog‘lomlashtirishlari uchun barcha zamonaviy sharoitlarni o‘z ichiga oladi

“ZOMIN” bolalar oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Guliston shahridan 90 km uzoqlikda, chiroyli tabiat qo‘ynida joylashgan. Ikki tomoni qir adirlar bilan o‘ralgan, Zominning shifobaxsh xavosiga boy hududda joylashgan.

     Bolalar 8-10 kishilik yotoqxonalarga joylashishadi. Zamonaviy konditsionerlar bilan jihozlangan ovqatlanish zalida 5 maxal sog‘lom menyuga asosan ovqatlanish tashkillashtiriladi. Oromgoh xavfsizligi jihatdan to‘liq panjara va devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, videokuzatuv kameralari bilan ta’minlangan. Shuningdek 24 soat davomida Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanadi.

     Tajribali yetkachi va tarbiyachilar har kuni turli xil qiziqarli o‘yinlar, musobaqalar va tadbirlar bilan bolalarning kayfiyatini ko‘tarishadi. O‘ziga xos musobaqalar va to‘garaklar bolalarning bilimlarini oshirishga va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Oromgohdagi basseyn va sport maydonchalari bolalarda sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi hamda jismoniy jihatdan chiniqtiradi.

     Kitobsevar bolalar uchun oromgoh kutubxonasida mingdan ortiq adabiyotlar mavjud. Shuningdek, oromgohda kinoteatr va spektakllar tashkil qilinadi. Kechki tadbirlardagi ko‘ngilochar va raqs chiqishlari bolalarda pozitiv ruhni uyg‘otadi.

     Sizni “ZOMIN” bolalar oromgohida unutilmas sarguzashtga chorlaymiz!

     Smenalar 2 iyundan 23 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Sirdaryo viloyati

Manzil: Guliston sh. Islom Karimov ko'chasi, 60-uy

Geografik kenglik (latitude): 40.498305

Geografik uzunlik (longitude): 68.775521

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998916250077

Website: https://www.oromgohlar.uz/ru/camp/82/zomin-lager/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.