Bolalar oromgohlari

XONJIZA

Surxondaryo viloyati | Xonjiza MFY Xonjiza qishlog'i

80.0 (0)

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi “XONJIZA” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tuman markazidan 70 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik manzarali ko‘k teraklarga boy bo‘lgan 3.5 gektar maydonda shinam turar joylar, sport maydonchalari, konsertlar sahnasi va basseyn mavjud.

Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar.

     Bolalardan sport ixlosmandlari uchun bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

     Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, 4-8 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar tayyorlanadi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Sizni “XONJIZA” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Smenalar 10-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Surxondaryo viloyati

Manzil: Xonjiza MFY Xonjiza qishlog'i

Geografik kenglik (latitude): -

Geografik uzunlik (longitude): -

Xarita:-

Telefon: +998900000000

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/43/honjiza-lager/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.