“UGAM” — Sog‘lomlashtiruvchi yoz va yorqin sarguzashtlar maskani! "UGAM" — tog‘lar bag‘rida, Toshkentdan bor-yo‘g‘i 84 km uzoqlikda joylashgan, 7-14 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi. Ko‘p asrlik chinorlar soyasida, ekologik toza va xavfsiz muhitda joylashgan 32 880 kv.m hudud — har bir bola uchun tabiat bilan uyg‘un, sog‘lom va baxtli yozni taqdim etadi.
Bolalar uchun barcha qulayliklar “UGAM” oromgohida bolalar 8-12 kishilik shinam xonalarda yashaydilar. Kuniga 5-marta issiq va foydali taomlar bilan ta’minlanadilar. Xavfsizlik birinchi o‘rinda: hududda videokuzatuv tizimi o‘rnatilgan, shuningdek, IIV, Milliy gvardiya va FVV xodimlari tunu-kun navbatchilik qilishadi.
Har kun – yangi tajriba va ilhom shiori ostida tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun har kuni qiziqarli va mazmunli dasturlar tayyorlaydilar. Quyidagi mashg‘ulotlar bolalarning salohiyatini ochishga yordam beradi:
Aktyorlik mahorati
Xoreografiya va musiqa
Qo‘l mehnati va robototexnika
Sport tadbirlari: tennis, futbol, voleybol, basketbol
Ekotropalar bo‘ylab piyoda sayr qilish, tabiat qo‘ynidagi mashg‘ulotlar va sayohatlar bolalarga yangi his-tuyg‘ular baxsh etadi.
Har lahza – unutilmas xotiraga aylanadi “UGAM” – nafaqat dam olish, balki do‘stlar orttirish va yorqin xotiralar yaratish uchun ajoyib maskan. Oromgohda konsertlar, spektakllar, tanlovlar, shoular va har kecha bolalar uchun qiziqarli diskotekalar tashkil qilinadi. Yozgi kinoteatr, kutubxona va basseyn — hammasini bir yerda topasiz!
Sarguzashtlar 4 iyunda boshlanadi! Smenalar 12 kundan iborat bo‘lib, 4 iyundan 11 avgustga qadar davom etadi. Agar farzandingizga sog‘lom, xavfsiz va unutilmas yoz sovg‘a qilmoqchi bo‘lsangiz — “UGAM” oromgohi sizni kutmoqda!
“UGAM” – yozni yorqin his eting!