Bolalar oromgohlari

QUYOSHLI

Toshkent viloyati | Chimyon qo'rg'oni

120.0 (0)

"QUYOSHLI — Yozning porloq xotiralari shu yerda boshlanadi! Toshkentdan 100 km uzoqlikda, tog‘lar bag‘rida joylashgan, 7-14 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan “QUYOSHLI” oromgohi — bu sog‘lomlashuv, ijod, do‘stlik va cheksiz zavq maskani! 13 gektardan ortiq maydonni egallagan, ko‘p asrlik chinorlar soyasida joylashgan oromgoh tabiat va xavfsizlik uyg‘unligini birlashtirgan hordiq makonidir.

Qulaylik va xavfsizlik — ustuvor yo‘nalishimiz!

     Bolalar 5-10 kishilik shinam xonalarda yashaydilar, kuniga 5 mahal mazali, to‘yimli va sog‘lom taomlar bilan ta’minlanadilar. Hudud videokuzatuv tizimlari bilan jihozlangan, shuningdek, IIV, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan 24/7 nazorat qilinadi.

     Ota-onalar xotirjam, farzandlar esa xursand!

     Har kun – yangi ilhom, yangi qiziqishlar! Tajribali yetakchilar va pedagoglar bolalar uchun har kuni rang-barang mashg‘ulotlar va tadbirlar tayyorlaydilar. Qiziqishga qarab tanlash imkoni ham bor: Aktyorlik va sahna mahorati

Musiqa va xoreografiya

Robototexnika va qo‘l mehnati

Sportning turli yo‘nalishlariga qiziquvchi bolajonlar uchun tennis, futbol, voleybol, basketbol kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari uchun ajoyib shart-sharoitlar yaratilgan bu makonda energiyaga to‘lib-toshgan bolalar uchun ekotropalar bo‘ylab piyoda sayohatlar va faol dam olish imkoniyatlari mavjud.

     Tashabbusga boy, ko‘ngilochar kechalar! Konsertlar, spektakllar, tanlovlar, diskotekalar, yozgi kinoteatr, basseyn, kutubxona va ko‘plab syurprizlar — har kuni alohida ssenariydagi yorqin taassurotlar uchun!

     QUYOSHLI — farzandingizning eng yorqin yozi uchun tanlov!

     Smenalar 10-iyundan 24 avgustgacha, 12 kunlik formatda tashkil etiladi. Quyoshli kunlar, do‘stona muhit va unutilmas sarguzashtlar sizni "QUYOSHLI" oromgohida kutmoqda!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Toshkent viloyati

Manzil: Chimyon qo'rg'oni

Geografik kenglik (latitude): 41.531822

Geografik uzunlik (longitude): 70.025484

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998933890555, +998909470001, +998935285503

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/49/quyoshli-lager/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.