NIHOL – Tabiat bag‘rida bilim va ilhomga to‘la yoz! Siz farzandingiz uchun zehn, ijod va sog‘lom turmush uyg‘unlashgan makonni izlayapsizmi? Demak, “NIHOL” aynan siz uchun! Tog‘lar bag‘rida, Toshkentdan unchalik uzoq bo‘lmagan, ekologik toza va tinch hududda joylashgan “NIHOL” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi – bu bolalarning ma’naviy, jismoniy va ijodiy rivoji uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan ikki gektarlik o‘ziga xos sabot va salohiyat makonidir.
Eng yaxshi muhitda – eng yaxshi yoz!
7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan “NIHOL” oromgohida har bir tafsilot puxta o‘ylangan:
Shinam va xavfsiz turar joylar.
Kuniga 5 mahal to‘g‘ri ovqatlanish.
Sanitariya va xavfsizlik standartlariga to‘liq mos infratuzilma.
Tajribali va mehribon murabbiylar jamoasi.
“NIHOL” da - Kunlar qiziqarli, foydali va mazmunli o‘tadi!
Har bir smena davomida bolalar:
Ijodiy to‘garaklar – aktyorlik, qo‘l san’ati, rasm va musiqa.
Sport tadbirlari – futbol, voleybol, tennis va jismoniy mashg‘ulotlar.
Ekologiya va tabiatga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar.
Ma’rifiy va intellektual dasturlarda ishtirok etishadi.
Sayohatlar va yangi bilimlar.
Oromgoh dasturi doirasida bolalar atrofdagi tabiiy va madaniy obidalarga uyishtiriladigan sayohatlarda qatnashadilar. Bu esa ularning dunyoqarashini kengaytirish, yangi bilim va taassurotlarga boy bo‘lish imkonini yaratadi.
Ilhomlan, o‘rgan, rivojlan!
“NIHOL” – bu faqat dam olish emas, balki bolaning salohiyatini ochish va uni kelajakka tayyorlash maskanidir. Har kech – konsertlar, intellektual kvestlar, tanlovlar va shodliklar bilan to‘la diskotekalar!
NIHOL – tabiat bag‘ridagi yozgi ilhom va rivoj maskani! Siz ham farzandingizga maroqli, xavfsiz va ta’limiy yoz tuhfa qilmoqchimisiz? U holda “NIHOL” – sizning tanlovingiz!