Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi “JANUB GAVHARI” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tumandagi “Malandiyon” mahallasida joylashgan va 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.
“JANUB GAVHARI” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Termiz shahridan 180 km uzoqlikda va Uzun tumanidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik daraxtlar va o‘zidan nafas yo‘llari uchun toza kislorod ajratib chiqaruvchi archalarga boy 2.8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, 25 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, shaxmat-shashka, badminton va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun joylar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni “JANUB GAVHARI” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!
Smenalar 10-iyundan 6 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!