Joylashuv va aloqa
Viloyat: Toshkent viloyati
Manzil: Qoronqul MFY
Geografik kenglik (latitude): 41.608776
Geografik uzunlik (longitude): 69.90954
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998909949555
Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/45/geolog-lager/
Bolalar oromgohlari
Toshkent viloyati | Qoronqul MFY
“GEOLOG” – Tog‘ bag‘ridagi sarguzasht va ilhom! Tabiat qo‘ynidagi foydali, xavfsiz va mazmunli yoz farzandingiz uchun unutilmas sovg‘a bo‘ladi! Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Qoronqo‘l qishlog‘i yaqinidagi ekologik toza va ko‘rkam hududda joylashgan “GEOLOG” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi – bu 7-14 yoshli bolalar uchun tabiat bag‘ridagi haqiqiy sarguzasht va rivojlanish makonidir.
Tog‘lar bag‘ridagi xavfsiz olam!
Atrofi archa, do‘lana, yovvoyi olcha va yong‘oq daraxtlari bilan o‘ralgan, toza havo va tinchlik bilan to‘lgan bu maskanda bolalar:
30-36 kishilik shinam va qulay xonalarda yashaydilar, kuniga 5 mahal to‘g‘ri va foydali ovqatlar bilan ta’minlanadilar.
Bolajonlar tunu-kun videokuzatuv tizimi orqali bevosita va bilvosita, ichki ishlar, Milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari nazoratida bo‘ladilar.
Qiziqish, ijod va salohiyatga to‘la kunlar!
“Oromgoh ta’lim bilan hordiqni uyg‘unlashtirish tamoyili asosida bolalarga qiziqarli to‘garaklar taklif etiladi. Ular:
Aktyorlik mahorati Kulolchilik va yog‘ochni kuydirib rasm chizish, Munchoq tikish, gullar yasash, Futbol, voleybol, basketbol kabi sport mashg‘ulotlarida, shuningdek, tog‘ sayrlari va intellektual kvestlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Madaniyat va ko‘ngilochar dasturlar
Kechqurun konsertlar, tanlovlar, shou dasturlar, diskotekalar va musiqa kechalari – har kuni bolalar uchun yangi taassurotlar kaliti!
Ta’lim, xavfsizlik va ilhom – bir makonda!
Pedagogik bilim va tajribaga ega murabbiylar har bir bolaning ta’lim, tarbiya va xavfsizligini ta’minlaydilar. “GEOLOG” – nafaqat dam olish, balki farzandingizning qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat.
GEOLOG – har bir bolaga munosib tabiiy makon, ma’naviy boylik va yozgi ilhom!
Mavsum davomida bolajonlarimizni qiziqarli, foydali va xavfsiz dam olish kutadi!
Yozni biz bilan o‘tkazing – “GEOLOG” sizni kutmoqda!

Viloyat: Toshkent viloyati
Manzil: Qoronqul MFY
Geografik kenglik (latitude): 41.608776
Geografik uzunlik (longitude): 69.90954
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998909949555
Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/45/geolog-lager/
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.