Bolalar oromgohlari

CHOTQOL

Toshkent viloyati | Yusufxona qishlog'i

90.0 (0)

CHOTQOL — Unutilmas yozning manzili! Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, tabiatning qo‘ynida joylashgan Yusufxona qishlog‘idagi “CHOTQOL” bolalar oromgohi har yili minglab bolalar uchun quvonch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Dengiz sathidan 1230 metr balandlikda, sof havo va go‘zal manzaralar bag‘rida joylashgan oromgoh 1986-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Har yoz mavsumida oromgoh 2000 nafardan ortiq bolani qabul qilib, ularga sog‘lom va foydali hordiq berish imkonini yaratadi.

     Qulaylik va imkoniyatlar 500 nafar bola uchun mo‘ljallangan shinam turar joylar, 18 gektar maydonda joylashgan sport maydonchalari, konsertlar sahnasi, 12×25 va 12×6 mo‘ljallangan zamonaviy filtrli basseynlar — bularning barchasi “CHOTQOL”da mavjud.

     Bolalar uchun boy dastur Tajribali yetakchilar va tarbiyachilar har kuni bolalar uchun qiziqarli va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tashkil qiladilar. Ularning qiziqishlariga qarab quyidagi yo‘nalishlarda mahorat darslari o‘tkaziladi:

Aktyorlik va xoreografiya

Musiqa va qo‘l mehnati

Robototexnika va ijodiy loyihalar

     Shuningdek, sport ixlosmandlari uchun tennis, voleybol, basketbol va futbol bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Qomatni to‘g‘rilash va sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar ham dasturimizda muhim o‘rin tutadi.

     Til o‘rganish va muloqot Bolalar rus, ingliz va o‘zbek tillarida o‘tkaziladigan darslar, o‘yinlar va ekskursiyalar orqali nafaqat bilim, balki do‘stlar va iliq xotiralar orttiradilar.

     CHOTQOL bilan har yoz – yangi sayohat! Siz ham farzandingizga xavfsiz, ilhomli va foydali yoz mavsumini sovg‘a qilmoqchimisiz? Unda “CHOTQOL” oromgohi — eng to‘g‘ri tanlov!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Toshkent viloyati

Manzil: Yusufxona qishlog'i

Geografik kenglik (latitude): 41.595773

Geografik uzunlik (longitude): 70.045587

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998717400000

Website: https://t.me/chotqol_uz

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.