Bolalar oromgohlari

BESHBULOQ

Surxondaryo viloyati | Qizilolmin MFY, Sharqon qishlog'i

110.0 (0)

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi “BESHBULOQ” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tumanning go‘zal tog‘li hududida joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.

“BESHBULOQ”  bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Termiz shahridan 94 km uzoqlikda va Sherobod tumanidagi tog‘lar yon bag‘rida, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik daraxtlar va o‘zidan nafas yo‘llari uchun toza kislorodlar chiqaruvchi archalarga boy bo‘lgan 2.5 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

     Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, 10 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, shaxmat-shashka, badminton va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Sizni “BESHBULOQ” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Smenalar 10-iyundan 06-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Surxondaryo viloyati

Manzil: Qizilolmin MFY, Sharqon qishlog'i

Geografik kenglik (latitude): 37.862521

Geografik uzunlik (longitude): 66.633937

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998936391476

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/42/beshbuloq-lager/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.