Bolalar oromgohlari

AMUDARYO

Surxondaryo viloyati | Guliston mahalla Fidokorlar ko'chasi, 1-tor ko'cha 45-uy

100.0 (0)

Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi “AMUDARYO” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi shaharning chekka, go‘zal qismida joylashgan, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.

  “AMUDARYO” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Termiz shahrining chekkasida, Surxondaryo daryosining bo‘yida joylashgan. Mevali va manzarali daraxtlar, turli-tuman  anvoyi gullar bilan o‘ralgan 7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

     Turar joylar qulayliklarga ega, 2-4 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish oshxonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Jamoamizdagi yetakchi va tarbiyachilar imtihon asosida ishga qabul qilingan bo‘lib, optimist, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi bilan birga rus va ingliz tillarini mukammal biladigan yosh va serg‘ayrat kadrlardan iborat. Har kuni yetakchilar va tarbiyachilar tomonidan bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlari o‘tkaziladi. Kompyuter savodxonligi, robototexnika, milliy hunarmandchilik, o‘g‘il bolalar uchun sartaroshlik, kosibchilik, qiz bolalar uchun kashtachilik, to‘quvchilik, qandolatchilik shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Shahar atrofidagi ko‘ngilochar joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar uyushtiriladi.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi amfiteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Sizni “AMUDARYO” bolalar sog‘lomlashtirish  oromgohi da yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Surxondaryo viloyati

Manzil: Guliston mahalla Fidokorlar ko'chasi, 1-tor ko'cha 45-uy

Geografik kenglik (latitude): 37.233629

Geografik uzunlik (longitude): 67.317499

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998919084411

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/41/amudaryo-lager/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.