Bolalar oromgohlari

АFSONA

Toshkent viloyati | S.Xondoyliqiy MFY

80.0 (0)

“AFSONA” – Orzular ushaladigan makon! Bilim va zehnga chanqoq farzandlar uchun tabiat bag‘ridagi intellektual yoz! Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida, tog‘lar bag‘rida joylashgan “AFSONA” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi – bu har bir zehnli va ijodkor bola uchun orzu qilingan maskan. Toshkentdan 60 km masofada, ekologik toza, xushmanzara va tinch hududda joylashgan oromgoh 6.2 gektar hududni egallab, ko‘p yillik manzarali va mevali daraxtlar ila o‘ralgan tabiiy muhitni taqdim etadi.

Intellektual muhit, zo‘r shart-sharoitlar!

8–10 kishilik shinam va zamonaviy xonalar, kuniga 5 mahal, bolalar sog‘lomligini e’tiborda tutgan holda tuzilgan taomnomalar  24/7 xavfsizlik: videokuzatuv, IIV, Milliy gvardiya va FVV xodimlari nazoratida

     Har kuni – rivoj, ilhom va yorqin taassurotlar!

 AFSONA’da bolalar nafaqat dam oladi, balki o‘zlarining ichki salohiyatlarini ochish, izlanish va ijodkorlik bilan rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ta’lim va tarbiyani birlashtirgan quyidagi yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlar orqali:

 Aktyorlik va sahna san’ati, Musiqa va xoreografiya, Robototexnika va texnik ijod, Qo‘l mehnati va dizayn to‘garaklari, Sport (futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi) to‘garaklari orqali bolajonlarning vaqti sermazmun o‘tishi aniq.

     Madaniy va ma’naviy boylik – hayot sabog‘i!

 Bolalarning salohiyatini rivojlantirish maqsadida:

 Yozgi kinoteatr, kutubxona va intellektual o‘yinlar, kechki dasturlar – shou, tanlov, ijodiy kechalar, spektakllar va jonli konsertlar tashkil etiladi.

     “AFSONA” – har bir bola o‘zini topadigan joy!

 Tajribali pedagog va yetakchilar doimiy ravishda bolalarning intellektual rivoji, ehtiyojlari va xavfsizligini ta’minlaydi. Ortiqcha shovqindan yiroq,  AFSONA bugungi kun talabiga mos mukammal oromgohdir.

 Smenalar 7-iyundan 13-avgustgacha, 12 kunlik dastur asosida tashkil qilinadi  AFSONA – sog‘lom ruh, chuqur bilim va yuksak madaniyat bo‘yicha zamonaviy ta’lim-tarbiya maskani!

 Yozda farzandingizga haqiqiy sarguzasht, ilhom va rivoj sovg‘a qiling – uni AFSONA bilan tanishtiring!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Toshkent viloyati

Manzil: S.Xondoyliqiy MFY

Geografik kenglik (latitude): 41.605758

Geografik uzunlik (longitude): 69.714158

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998901898126

Website: https://www.oromgohlar.uz/ru/camp/46/afsona-lager/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.